Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


II bob. Rim xususiy huquqining manbalari va sub’yektlari


Download 0.53 Mb.
bet15/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

II bob. Rim xususiy huquqining manbalari
va sub’yektlari

1-§. Rim huquqi manbalari


Rim huquqi manbalarining muhim tomonlarini teranroq tushunmoq uchun avval ularning aniq tasnifi bilan mufassal tanishib chiqish lozim bo’ladi. Shu bois endi turli tabaqa huquqlarining ta’rifiga o’tamiz. Avvalo shuni qayd etish lozimki, huquqning mazmuni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni bilan bog’liq degan gapda ham jon bor, ammo, shu bilan birga, jamiyatning ma’naviy holati ham bunda katta ahamiyatga ega.

Rim huquqi bilan shug’ullangan olimlarning ko’pchiligi hokimiyat tepasida turgan sinf vakillari o’z xohish-irodalarini, iroda-ixtiyorlarini huquq yo’li bilan o’tkazishga intilganliklarini va bunga erishganliklarini ta’kidlaydilar. Shuning uchun ham ular hukmron sinfning iroda-ixtiyorini Rim huquqining asosiy manbai deb hisoblaydilar. Ammo bu irodaning shakllanishida asosiy o’rinni egallagan manbalar ham mavjud va ular odat, qonunchilik, magistrlar ediktlari, huquq fanlaridan iborat. quyida ularga alohida to’xtalamiz.



1. Odat – insonlar hayotida, ajdodlar turmushida yuzaga kelib avloddan avlodga o’tib rivojlanib keladigan odob-axloq normalari.

Odat rasmiy hujjatda yozilib mustahkamlanmasa ham xalq ongida saqlanib keladi hamda ko’p marta takrorlanishi natijasida normativ kuchga ega bo’lib ketadi va hayot muammolarini tartibga solishga xizmat qiladi.

Rim huquqshunosi Pomponiy: “Davlatchiligimizning boshlang’ich davrlarida xalq aniq yozilgan qonunlarsiz, aniq qayd etilgan huquqiy qoidalarsiz yashagan va hamma narsa rekslar hukmi bilan boshqarilgan”, – deb yozgan edi.

Keyinchalik qonunlar qabul qilina boshlagan, qoidalar o’rnatilgan. Ammo shu bilan qadimiy odatlar birdan unutilgan emas. Ularning Rim huquqiga ta’siri va hatto huquqiy kuchi uzoq vaqtgacha saqlangan.

II asrdayoq huquqshunos Yustinian odatlarning Rim huquqi manbalaridan biri ekanligini quyidagicha ta’riflagan: “qadimiy ildiz otgan odat qaror topgan huquqiy qoida sifatida qabul qilinadi va bu huquq xalq tabiatiga mos huquq darajasini oladi. Modomiki, agar qoidalar xalq tomonidan qabul etilishi lozim bo’lsa, xalqqa ma’qul kelgan (ammo hali rasmiy hujjatga tushmagan) odatlar ham qonun o’rniga o’ta oladi. Chunki xalq o’z xohishini ovoz berish yo’li bilan e’lon qildimi yoki kundalik ishi bilanmi, buning farqi yo’q”.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling