3. Senat qarorlari (Senatusconsultum). Mil. av. 27 yilda respublika tizimi ag’darilib, prinsipat joriy etilishi bilan xalq majlislarining qonun chiqarish faoliyatiga ham barham berilgan. Bu vazifa senat vakolatiga kiritilgan va senat chiqargan qarorlariga xalq qonunlari kuchi berila boshlagan. Haqiqatda esa senat prinsipat siyosatini o’tkazuvchi tashkilot bo’lgan. Qonun kuchidagi qarorlar chiqarishni ham tez orada prinsipat o’z tasarrufiga olgan. Uning takliflari (orationes) senatga kiritilgan va senat ularni hamma vaqt e’tirozsiz tasdiqlagan. Bunday takliflarning senat tomonidan rad etilishi Rim tarixida biron marotaba ham uchramaganligi diqqatni o’ziga tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |