Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
3. Pretorlar huquqi. Pretorlar huquqi (ius gonorarium) kundan kunga o’sib borayotgan faol hayot jarayonidagi va qotib qolgan qadimiy huquqiy qonunlar, jumladan XII jadval qonunlari o’rtasidagi kelishmovchiliklarning chuqurlashuvi natijasida yuzaga kelgan.
Mil. av. 367 yilda patritsiylar magistraturasida shahar pretori vazifasi ta’sis etilgan va barcha sud ishlari uning ixtiyoriga berilgan. Pretorning xalq majlisi (qurultoyi)ni chaqirish va qonunlar loyihasini taklif qilish, topshiriq asosida qurolli kuchlarga qo’mondonlik qilish singari huquqlari bo’lgan. Shuningdek, u oliy hukmdor sifatida bajarilishi barchaga majburiy edikt chiqarish va enderdikt farmonlarini e’lon qilish huquqiga ham ega bo’lgan. Ularning bajarilishi kuchli jazo sanksiyalari va boshqa choralar bilan ta’minlangan. Pretorlik muddati bir yil bo’lganligi sababli, pretor chiqargan qonunlar ham ushbu muddat davomida kuchda bo’lgan. Shu bois Sitseron ularni “bir yillik qonunlar” deb atagan. Ammo har bir pretor o’zidan oldingi qonunlarning ma’qul qismini, an’anaga kirib qolganlarini saqlab qolgan va ular Rim qonunlari majmuasini to’ldira borgan. Pretor hayot tajribasidan, talablaridan kelib chiqib, unga yangi qoidalar ham qo’shgan. Bunday qo’shimchalar ham ediktlarning o’zlaridayoq protsessual xususiyatga ega bo’lgan, ya’ni ular da’volarni hal qilish tartibiga qaratilgan bo’lgan. Pretorlar qonunlarni to’xtatish yoki bekor qilish huquqiga ega bo’lmaganlar. Buning uchun xalq qurultoylari chaqirilgan. Agar favqulodda masala chiqib qolsa, u senat qarori bilan hal qilingan. Pretorlarning qonun chiqarish huquqi bunday vaqtlarda juda qo’l kelgan, ammo kamdan-kam hollarda qo’llanilgan. Pretorlar harbiy va ma’muriy idoraning yuqori tabaqalariga mansub kishilar hisoblanib, Rim respublikasida muhim ishlar bilan shug’ullanganlar va mashhur kishilar qatorida bo’lganlar. Pretor yuqori hokimiyat sohibi sifatida olti kishidan iborat soqchilar bilan yurgan. Ular bir bog’lamdan xivichlar olib yurganlar. Xivichlar orasida bolta ham bo’lgan. Legisaksion protsess o’rniga formulyar protsess joriy qilinganidan keyin pretorlarning mavqei yanada oshib ketgan. Endi da’vo shakllari katta ahamiyat kasb eta boshlagan. Da’vo shakllarini esa pretor o’zining xohish-irodasiga qarab belgilagan. Uning bu faoliyati iqtisodiy hamda ijtimoiy manfaatni ko’zlagan. Adolat, insof, or-nomus, tomonlarning istak-xohishlari – hammasi da’vo shaklida o’z ifodasini topgan. Pretor bergan formula sud uchun bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatma bo’lgan. U xalq uchun yozilib, ko’cha va xiyobonlarga osib qo’yilgan, qonun kuchiga ega bo’lgan. Digestlarda ko’rsatilishicha, pretorlar ediktlari XII jadvalning qat’iy hisoblangan qoidalarini tahrir qilar, ulardagi ba’zi tushunchalarni o’zgartirar edi. Bu o’zgarishlar, albatta, adolat nuqtai nazaridan qilinar, ammo “adolat” tushunchasining o’zini ta’riflashda qiyinchiliklar paydo bo’lar edi. Shu davrda pretorlar huquqi (ius igonorarium) paydo bo’lgan va rivojlana boshlagan. Mulkiy nizolarni adolatli hal etishga qiynalib qolgan pretorlar ko’pincha yuridik uydirmalar to’qib chiqara boshlagan, ya’ni masalaga aslida bo’lmagan faktlarni qo’shish yoki borlarini hisobga olmaslik kabi hollar yuz bera boshlagan. Ular rad etib bo’lmas qilib to’qib chiqarilgani va pretorga xos bo’lgani uchun yangi qonun chiqarish jarayonida muhim o’rin tuta boshlagan. Pretorlar so’zda qadimiy qat’iy qonunlarni hurmat qilganlari holda, amalda ish bo’yicha yangi qoidalarni o’ylab chiqarar edilar. Rim yuristi Marsianning aytishicha, “U sivil (fuqaro) huquqining tirik tovushi bo’lib, yangi hayotiy ehtiyojlarni qondirishda muhim omil bo’ldi. Bu talablar savdo aloqalarining kuchayishi bilan ketma-ket bo’lib turar edi”. Imperiyaning shakllanishi bilan pretorlarning huquq ijodkorlik faoliyati qisqara boshlagan. Chunki, bir tomondan, deyarli barcha masalalar bo’yicha qonunlar ishlab chiqib bo’lingan bo’lsa, ikkinchi tomondan, endilikda qonun chiqarish imperatorning ko’rsatma-farmonlari va senatning qarorlari ko’rinishida ro’y bera boshlagan. 130 yilda mashhur Rim yuristi Yulian imperator Adrian buyrug’i bilan pretor ediktlari majmuasini tuzib chiqqan. U “Doimiy edikt” deb atalib, imperator Yustian davrigacha jamiyat hayotida muhim o’rin tutib kelgan. Peregrin pretorlari qonunlar majmuasining tuzilishi haqida ma’lumotlarga ega emasmiz. Shuni aytish mumkinki, III asr (212 y.)dan boshlab Rimning erkin aholisi fuqarolik (grajdanlik) maqomini olgan, shundan so’ng “xalq huquqi” deb atalgan peregrinlar huquqi o’zining alohida maqomini, mavqeini yo’qotgan, fuqarolik va peregrin huquqlari birlashib ketgan. Pretor huquqi va fuqarolik huquqlari bilan ham xuddi shundan bo’ldi. VI asrda vizantiyalik yurist Dorofey bu haqda shunday deb yozgan: “Sekin-asta vaqt o’tishi bilan fuqarolik huquqi pretorlar huquqi bilan kelisha boshladi va shundan bir xillik kelib chiqdi, ya’ni ilgari bir-biri bilan qarama-qarshi turgan huquq manbalari qo’shilib ketdi”. Biz o’rganayotgan Rim klassik huquqi ana shu tariqa vujudga keldi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling