Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
7. Yurisprudensiya – huquq ilmi. Rim klassik huquqshunosligini yaratishda Rim huquqshunoslarining xizmatlari ham pretorlarnikidan kam bo’lmagan. XII jadval qonunlarning chiqarilishi ularni shmarhlash masalasini keltirib chiqargan. Buning uchun esa fuqarolik huquqlari normalarini belgilash lozim bo’lgan.
III asrdan boshlab bu faoliyat borgan sari kengaya borgan. Bu sohada bilimdonlar, mutaxassislar paydo bo’lgan. Davlat ham xalq ichida huquqiy bilimni kengroq yoyish choralarini ko’rgan, chunki rasmiy qonunda har bir fuqaroning magistratka yoki sudga saylanishi belgilangan. Huquqshunoslar faoliyati uzoq vaqtgacha quyidagi uch yo’nalishda davom etgan: 1) shartnomalar tuzishda yordam berish; 2) da’vo va kelishuv masalalarida maslahatlar berish; 3) turli xil huquqiy masalalarda yuzaga kelgan fikrlar va tushunmovchiliklar borasida tushgan savollarga javob izlash. Respublikachilikning oxirgi davrlarida yuristlar faoliyati ko’proq amaliy qiyofa kasb etgan va bu amaliyot haqida ancha-muncha kitoblar chaqirilgan. Bular orasida biz fuqarolik huquqidan qisqacha o’quv qo’llanmalari (institutsiyalar), izoh va sharhlar, turli savol-javoblar majmualari, risolalarni uchratishimiz mumkin. Shunday qilib, butun bir fan – huquqshunoslik ilmi paydo bo’lgan. Uni o’qitish muassasalari ham yuzaga kelgan. Imperiya vaqtida doimiy ravishda saboq beradigan huquqshunoslik o’quv yurtlari ochilgan. Bu sohada turli yo’nalishlar vujudga kelgan. Huquq fanlari Rimdagina emas, chekka o’lkalarda ham o’qitila boshlangan. Berit, Iskandariya, Sezor shaharlaridagi maktablar ayniqsa katta obro’ qozongan. Huquqshunoslikning ijodiy tomonlarigina emas, balki yuristlarga ko’p masalalarda rasmiy qaror chiqarish huquqining berilishi bu sohaning obro’ini oshirib yuborgan. Bunday odat Avgust davrida joriy etilib, yuristlar fikrini imperator farmoni darajasigacha ko’tarib qo’ygan. Yuristlarning bunday fikrlari yoki muayyan vaziyatda qo’llagan yechimlari boshqa shunga o’xshash vaziyatlarda ham qo’llanib (pretsedent), oxir-oqibatda qonun kuchiga ega bo’lib qolishlari ham kuzatilgan. Yuristlar esa qonun sharhchilardan qonun ijodkorlariga aylana borganlar. Shunday qilib, huquqshunoslik (yurisprudensiya) huquqni qo’llashdan uni ijod qilish darajasiga ko’targan. III asr oxirlariga kelib Rim davlatining siyosiy, iqtisodiy faolligi pasaygan. Yuridik adabiyot kam yozilgan, yuristlar ijodiy ish o’rniga qadimgi yuristlar ishlaridan saylanmalar tuzish bilan mashg’ul bo’lganlar. Buning natijasi o’laroq, 426 yilda iqtiboslar (sitatalar) haqidagi qonun yuzaga kelgan. Unga ko’ra, faqat besh yurist (Gay, Papinian, Ulpian, Pavel va Modestin)lardan olingan iqtiboslargina e’tiborga sazovor hisoblangan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling