Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Rim huquqi sub’yektlari


Download 0.53 Mb.
bet23/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

2-§. Rim huquqi sub’yektlari


1. Fuqarolar huquqi. Rim davlatchiligi mil. av. VI asr oxirlarida shakllangan. Mil. av. V asr boshlarida Serviy Tulliy islohotlaridan keyin shaxsning mavqei qadimgi Rim patritsiylarning oliy irq aslzodalar, oqsuyaklardan kelib chiqishi, nasl-nasabiga emas, balki mol-mulkiga qarab belgilana boshlagan. Bosib olingan yerlarni taqsimlashda ham shaxsning boyligi hisobga olina boshlagan. Bu esa plebeylarning patritsiylar ustidan siyosiy g’alabasi edi. Endi ular o’rtasida siyosiy va huquqiy tenglik o’rnatish uchun yo’l ochilgan edi. Bundan keyin Rim xalqini tashkil etuvchi Rimda yashagan kishilar (fuqarolar) uchun barchaga barobar qonunlar majmuasi ishlab chiqildi. Bu mashhur XII jadvaldan o’rin olgan qonunlar bo’lib, ular mil. av. V asrda (451–450) xalq yig’inida qabul qilingan. Ulardan bizgacha yetib kelgan qismi tahlil qilinganida ham o’sha davrda ma’lum bo’lgan huquqlarning ko’p qismini o’z ichiga olganligi ma’lum bo’ladi (masalan, xususiy mulkchilik va mulkka egalik qilish huquqi, shartnomalar bo’yicha majburiyatlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, jinoyat va jazo va boshqalar).

Bizning vazifamiz Rim klassik huquqini tahlil qilish bo’lgani bois XII jadval mazmuniga mufassal to’xtalmasak ham bo’ladi. Chunki bu jadval mil. av. II asrdayoq qo’llanilmay qo’ygan. Ammo Rim yuristlari va notiqlari (masalan, Sitseron, Gay va boshqalar) Rim davlatining gullab-yashnagan davrlarida ham XII jadval qonunlarini tegishli hollarda tilga olib turganlar. “Kim davlat ishlari bilan shug’ullansa, XII jadvalda davlat masalalari to’liq jamlanganligini ko’radi, – deydi xususan Sitseron, – chunki unda jamoa baxti, davlat idorasi uchun kerakli hamma narsa jamlangan”.

I asr Rim tarixchisi Tit Liv (17 yilda vafot etgan) fikricha, XII jadval qonunlari “ommaviy va xususiy huquqlar” manbai ekanligini hamma tan olgan. Garchi XII jadval qonunlari qo’llanishdan to’xtagan bo’lsa ham, Rimda yana ko’p yillar qonunshunoslar tayyorlashda o’rganish shart bo’lgan. XII jadval qonunlari sivil yoki fuqarolik huquqlari, kvirit huquqlari deb ham atalgan. “Kvirit” so’zi Romul podshoning (mil. av. VIII asr) ilohiylashtirilgan shaklidan olingan bo’lsa kerak. Shuning uchun “Kvirit” so’zini ishlatganlar eng qadimgi Rim huquqi demoqchi bo’ladilar. “Sivil” so’zi esa “shahar” so’zidan kelib chiqib, “shaharliklar” ma’nosini beradi, demak, fuqarolar ma’nosida ishlatiladi. XII jadval qonunlari ishlatilishdan to’xtagandan keyin ham xalq yig’inlarida qabul qilingan qonunlar sivil yoki fuqarolik huquqiga kiritilgan.

Mil. av. 207 yilgacha hamma qonunlar Serviy Tulliy islohoti natijasida yuzaga kelgan sentraturiat komitsialar tomonidan qabul qilingan. Undan keyin esa, Gortenziya qonuniga asosan plebeylar yig’ilishlarida qabul qilingan. Xalq majlisi joriy etgan va buyurgan har bir narsa qonun deb e’lon qilingan. qonunlar sirasiga, avvalo, davlat huquqi mazmuniga ega bo’lgan masalalar, ayniqsa, yerga egalik masalalari, Rim bosib olgan yerlarni taqsimlash, har bir kishi yerlarining eng ko’p hajmi, protsessual tartibni belgilash kabilar kirgan.

Xususiy huquq haqida, kam bo’lsa ham, juda muhim qonunlar bo’lgan. Masalan, Peteliy (mil. av. 326 y.) qonuni bo’yicha qarzini to’lolmagan qarzdorlarni qul qilish yoki ajnabiylarga sotish taqiqlangan, Litsiniy – sekstiy (mil. av. VI asr) qonuniga ko’ra yerga xususiy egalik 500 yuger (125 gektar) bilan cheklangan, unda bir xo’jalikka to’g’ri keladigan molning necha boshgacha bo’lishi mumkinligi ham belgilangan. Yana sudlov ishlarini yuritish va sud tizimlari haqida ham qonunlar bo’lgan.

Bizgacha yetib kelgan 800 qonun taqqoslab tekshirilganda, ulardan faqat 30 ga yaqinigina xususiy huquqqa aloqadorligi ma’lum bo’ldi. Rim yuristlari hech qanday qonun hayotda uchraydigan barcha voqealarni to’la qamray olmasligini yaxshi tushunganlar. Shuning uchun ular qonunlar turmushdagi asosiy voqealarning aksariyatini tartibga solish kuchiga ega bo’lishi, mayda-chuyda masalalarga o’ralashib qolmasligi kerak, deb hisoblaganlar. Bu jihatdan ular haq bo’lganlar.

Bu borada Rim qonunshunoslari va hukmdorlarining ko’plab so’zlarini keltirish mumkin. Masalan, Gayning yozishicha, “shunday voqealar uchrashi mumkinki, ularga atalgan yuridik yechimlar mavjud, ammo ularni qo’llash adolatsizlikka olib keladi va majbur qilish ham mumkin bo’lmagan hollar bo’ladi”. Shu bois Rim qonunlarining yig’indisi bo’lmish digestlarda: “qonun yo yozma ko’rsatma beradi, yo man etadi, yo ruxsat beradi, yo jazolaydi”, – deb yozilgan.

I asr oxirlari, ayniqsa, II asrdan boshlab imperatorlarning buyruq va farmonlari (reskriptlari) qonun maqomiga ega bo’la boshlagan. Bunday farmonlarni ishlab chiqishga mashhur qonunshunoslar jalb qilingan. Ular davlat idoralarida ham mas’ul vazifalarda xizmat qilganlar.

III asrgacha shunday davom etgan. So’ngra esa imperiyaning byurokratik apparati qonun chiqarish ishini ham, qonunlarni izohlash va talqin etish ishlarini ham batamom o’z qo’liga olgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling