Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet22/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

8. Yustinian qonunlari. VI asr boshlariga kelib Rim huquqi manbalari shu darajada xilma-xil bo’lib ketdiki, endilikda ularni tartibga keltirmasa bo’lmaydigan bir holat vujudga keldi. Bu muammo va uni hal qilish yo’llari haqida imperator Yustinian shunday fikr yuritadi: “Barcha ishlar orasida qonun hukmronligidan muhimroq hech narsani ko’rsatish mumkin bo’lmagan, chunki u ilohiy va insoniy ishlarning barchasini tartibga soladi, nohaqlikni oradan ko’taradi. Lekin shunga qaramay biz shunga amin bo’ldikki, Rimga asos solingan davrdan boshlab yaratilgan qonunlarning barcha sohalari shunday qorishib, chalkashib ketganki, ular cheksiz yo’nalishlarda ishlayveradi va ularni inson aqli qamrab ololmaydi. “

“Bizning birinchi vazifamiz prinsepslarni boshlash, ular konstitutsiyalarni to’g’irlab, mazmunini ravshanlashtirish edi. Biz ularni bir kodeksga to’pladik, ortiqcha takrorlanishlar, nohaq ziddiyatlardan tozaladik. Ularning mazmunan yaxlitligi ortib, kishilarga tez yordam beradigan bo’lsin dedik” (Dao sustore 1).

Bu o’rinda gap Yustinian kodeksining birinchi tahriri ustida bormoqda. Ushbu hujjatni imperatorning maxsus farmoni bilan tashkil qilingan komissiya 529 yilda hozirlagan. Bu kodeks e’lon qilinganidan keyin komissiya yuristlardan qolgan huquqiy meros ustida ish boshlagan. Natijada 1533 yilda Digestlar (yoki Pandektlar) e’lon qilingan. Digestlar Yustinian qonunlarining eng e’tiborli qismi bo’lgan. Unda mashhur yuristlarning fuqarolik huquqi, pretorlar huquqi va huquqshunoslik faoliyatiga oid izohlar to’plangan.

Digestlarda jami 39 nafar Rim yuristining 2000 dan ortiq ilmiy ishlaridan namunaviy parchalar, fikrlar keltirilgan. Ular orasida Stsevol, Pavel, Modestin, Ulpian, Papiniandan to Germogeniangacha bo’lgan mashhur huquqshunoslarning fikrlari mavjud.

Shunday qilib, digestlarni butun Rim klassik huquqshunosligining samarasi desa bo’ladi. Digestlar nashr qilinishi bilan Yustinian institutsiyalari ham ijod etildi. Bu eng oddiy o’quv qo’llanmasi bo’lgan, ammo uning ko’rsatmalari qonun kuchiga ega bo’lgan. Mana shu uch hujjat, ya’ni Kodeks, Digestlar va Intitutsiyalardan iborat bo’lgan uch hujjat Rim huquqi majmuasini tashkil etadi. Ammo, ular ustida ishlash davrida imperatorning yangi farmonlari ham e’lon qilingan. “Ellik qaror” deb atalgan ushbu farmonlarda Yustinian fuqaro huquqiga doir ba’zi munozarali masalalar hal qilingan. Bu farmonlar Yustinian kodificatiasining 534 yilda chiqarilgan yangi nashriga kiritilgan. Rim fuqarolik huquqini tartibga solish shu bilan yakunlangan.

556 yilda imperator farmonlarining norasmiy majmuasi bosilib chiqqan (534, 556 yilgi nashrlar asosida). Bu to’plam “novellalar” (hikoyatlar) nomini olgan.

Kodeks, Digestlar, Institutsiya va Novellalar “Rim fuqarolik huquqlari majmuasi” (curpus jurus civilis) nomini olgan.

XII asr Yevropa uyg’onish davriga kelib Rim fuqarolik huquqi boshqa xalqlar orasida ham o’rganila boshlangan.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling