Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
2. qonunchilik va qonunlar. Yozilmagan huquq hisoblanmish odatlardan farqli ravishda davlat idoralari tomonidan chiqarilgan qonun va farmonlar yozma huquq normalaridan iborat bo’ladi. Ular davlat tashkilotlarining maxsus faoliyati natijasida yuzaga keladi.
Qonun davlat oliy idoralari faoliyatining natijasidir. Rimda qattiq siyosiy kurashlar natijasida yuzaga kelgan siyosiy o’zgarishlar, davlat to’ntarishlari tabiiy ravishda qonun chiqaruvchi idoralarning ham o’zgarishiga olib kelgan. Ilk davrlarda xalq majlislari shunday idora bo’lgan, so’ng prinsipat davrida – senat va, nihoyat, monarxiya davrida imperator qonun chiqarish funksiyasini bajargan. Demak, qonunlar manbaini ham xalq majlisining yoki senatning qarori yoxud imperatorning konstitutsiyasi tashkil etgan. Rim davlatining kengayishi, uning rivojlana va mustahkamlana borishi bilan yozma huquq qoidalarning yetishmasligi, ulardagi noaniqliklar, ularining eskirib qolganligi va, umuman, xalqning ko’pchiligini tashkil qiluvchi plebeylarga yetib bormasligi yaqqol sezila boshlagan. Chunki qonunlar asosan patritsiylar qo’lida bo’lib, ular chidab bo’lmas o’zboshimchalikka yo’l qo’yganlar, qonunlarni buzib talqin etganlar. Ular o’zlari uchun imtiyozlar yaratib, plebeylar uchun esa siyosiy va iqtisodiy zulmni avj oldirganlar. Plebeylarning qattiq talablari natijasida miul. av. 462 yilda “Detsemvirlar” komissiyasi tuzilgan. Bu komissiya qonunlarni qarab chiqib qog’ozga, tushuruvchi o’n kishidan iborat bo’lgan. Ana shu komissiyaning faoliyati natijasida XII jadval qonunlari jamlangan va nashr etilgan. Bular Rim fuqarolik huquqining eng avvalgi majmuasi hisoblanadi. XII jadval qonunlari – Rim milliy odatlari haqidagi yozuvlar bo’lib, unda asosan kishilarning mulkiy munosabatlari ifoda etilgan, shuning uchun ham chiqarilgan bu qonun fuqaroviy (sivil) huquq asoslari manbai bo’lgan deyish uchun to’la asos bor. U huquqshunoslik tarixida juda muhim o’rin tutadi. Bu qonunlar qabul qilinganidan keyin 500 yil o’tganidan so’ng ham ular maktablarda o’rganilgan va yod olingan. XII jadval qonunlaridan boshqa qonunlar majmualari haqida tarixiy ma’lumotlar kam. Masalan, mil. av. IV asrda qabul qilingan qarzini to’lolmagan kishini qul qilish yoki o’ldirish haqidagi qonunni bekor qilgan Peteliyev qonuni (Lex Postelua), III asrda qabul qilingan o’ziga tegishli ashyoni shikastlantirgani uchun javobgarlik belgilagan Akviliy qonuni (Lex Aguilia) va boshqalar.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling