3-§. Rim huquqining tarixiy davrlarga bo’linishi
O’zining ming yildan ortiq tarixi davrida Rim huquqi zamon o’zgarishlariga va hodisalariga qarab turli o’zgarishlarga uchrashi tabiiy bir hol edi. Bu esa Rim huquqi tarixini davrlarga bo’lib o’rganishini taqozo etadi. Zero bunday usul har bir davrning o’ziga xos tomonlarini ajratib, har tomonlama tahlil qilish imkonini beradi.
Hozirgi zamon romanistika ilmi Rim huquqi tarixini besh davrga bo’ladi. Bular:
1) qadimiy (arxaik) davr – mil. av. 753–367 yillar;
2) klassik davrdan oldingi davr – mil. av. 367–17 yillar;
3) klassik davr – mil. av. 17 yildan milodiy 235 yilgacha;
4) klassik davrdan keyingi davr – milodiy IV–V asrlar;
5) Yustinian davri – 527–565 yillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |