Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


-§. Rim huquqining tarkib topishida davlat organlari


Download 0.53 Mb.
bet4/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

2-§. Rim huquqining tarkib topishida davlat organlari


1. Senat. Senat Rim respublikasining yetakchi organi va Rim aslzodalarining tayanchi bo’lgan. Senat a’zolari saylanmaganlar, ular konsullar va (keyinroq) senzorlar tomonidan tayinlanganlar. Avvaliga senat a’zolari faqat patritsiylardan tayinlanib, keyinchalik plebeylardan ham qo’shilgan. Senat 300 kishidan iborat bo’lgan. Senatorlar ro’yxati har besh yilda yangilab turilgan, ammo yangisi eskisidan ko’p ham farq qilmagan. Shunday qilib, senatorlik lavozimi bir umrga qolgan. Senatorlar oltin uzuk taqish, qizil etik va keng qizil hoshiyali to’n (togo) kiyish kabi faxriy huquqlarga ega bo’lganlar.

Senat majlisi konsul tomonidan chaqirilgan va uning raisligida o’tgan. Senatda ovoz berish o’z nomlarini ko’rsatish yoki ikki tomonga ajralish yo’li bilan o’tkazilgan. Senat rasman qonun chiqaruvchi tashkilot hisoblanmasa ham, amalda uning qarorlari (Styfnus consulta) qonun kuchiga ega bo’lgan va magistrlar tomonidan so’zsiz bajarilgan.

Xalq majlislarining qarorlari esa Senatda tasdiqlanishi lozim bo’lgan. Bu jarayon “otalar tomonidan ma’qullanish” (auctoritus partum) deb atalgan. Senat magistraturani nazorat qilgan, konsul bo’lmagan paytlarda yangi konsul saylangunicha senatorlardan besh kunlik muddatga konsul tayinlangan va har besh kunda o’zgartirib turilgan. Senat davlatni idora qilish sohasida juda keng huquqlarga ega bo’lgan. U davlatning daromad va buromad (kirim va chiqim) byudjetlarini tuzgan, davlat mulkini va boshqa davlatlardan tortib olingan yerlarni idora qilgan, urush yoki qo’zg’alonlar vaqtida hokim (diktator)ni tayinlanish ham senatning vazifasiga kirgan. Urush e’lon qilish ham, sulh tuzish ham senat ixtiyorida bo’lgan. Urush vaqtida qurolli kuchlarni har tomonlama ta’minlash ham, ulardan qaysi jabhada foydalanish ham, asirlarni almashtirish, qutqarish va boshqa shu singari masalalarning barchasini senat hal qilgan. Senat diniy ishlar va xorijiy davlatlar bilan munosabatlarga doir ishlarni ham o’z qo’lida tutgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling