Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet7/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

4. Senzor. 444 yilda senzor (muxtasib) amali joriy etiladi. Uning vazifasi nazoratchilik bo’lib, u davlat mulkini boshqargan, soliq solish, bosib olingan yerlarni nazorat qilish, davlat imoratlarini barpo etish, boshqarish ishlari bilan shug’ullangan. U senatorlikka tavsiya etilgan kishilarning axloqi va mulkiy holatlarini yaxshi bilgan.

5. Edillar – bozor-o’char ishlari, Rimni non bilan ta’minlash, shahar tozaligi masalalari bilan shug’ullanganlar.

Xalq majlislari – respublika davrida uch xildagi xalq majlislari amal qilgan. Ular comitia curiator, comitia conturiata, comitia tributa deb atalgan.

1. Kuriat xalq majlislari – urug’chilik davrlaridan qolgan qabilalararo yig’ilishlar bo’lib, ularda plebeylardan tashqari, faqat Rim fuqarolari qatnashganlar. Milodiy III asrga kelib ularning ta’sir kuchi kamaya borgan. Ular rasman magistrlarni turli lavozimlarga tayinlangan, farzandlikka olish, vorislik masalalari, xususan, vasiyatnomalar tuzish bilan ham shug’ullanganlar. Rimda bu dastlabki davlat organlari bo’lib, keyinchalik demokratlashtirish tomonga o’zgargan.

2. Senturiat majlislari – Rim xalqining hammasi qatnashadigan juda muhim majlis bo’lgan. Ovoz berish senturiyalarda o’tkazilgan. 193 ta senturiya mavjud bo’lib, ularning har biri alohida ovozga ega bo’lgan. Ularga magistratlar (konsullar, pretor)larni saylash, o’lim jazosidan afv so’raganlar arizasini ko’rish kabi vazifalar yuklatilgan.

3. Trib yoki hududiy okrug majlislariga patritsiylar ham plebeylar ham, qatnashganlar. Ularning qarorlari “populyussitlar” deb atalgan. Majlisga faqat plebeylar yig’ilgan bo’lsa, uning qarori “plebescit” deyilgan. Plebescit barcha fuqarolar uchun birdek kuchga ega qonun hisoblangan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling