3. Diktatorlar (hukmdorlar) amalining qachon paydo bo’lgani noma’lum. Podsholik davrida ham diktatorlar mavjud bo’lgan va ular “magister populi” deb atalganlar. Respublika davrida bunday hukmdorlar favqulodda holatlarda, xususan, ichki qo’zg’olonlar yoki katta urushlar paytida tayinlanganlar va ularga favqulodda huquqlar berilgan.
Konsuldan tortib magistrlargacha – barcha diktatorga bo’ysungan. Diktator olti oy muddatga tayinlangan. Diktator zimmasiga yuklatilgan vazifasini ado etib bo’lgach yoki undan oldin ham vazifasidan ozod etilgan. 216 yildan so’ng bu amal umuman qo’llanilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |