Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
5. Kolonlar. qullarni qo’yib yuborish amaliyoti goh kengayib, goh torayib turgan. Masalan, imperator Avgust zamonda tamg’a bosilgan qullarni qo’yib yuborish man etilgan yoki 30 yil xizmat qilmaganlarini qo’yib yuborish taqiqlangan. Imperator Yustinian (VI) esa qullarni xo’jayinining farmoni bilangina ozod etib yuborish huquqini bergan.
Undan tashqari, ozodlikka chiqqan qulga fuqarolik huquqi ham beriladigan bo’lgan. Buning o’z sabablari bo’lgan, albatta. Kolonlar tarixi ushbu savollarga javob beradi. Birovning yerlarini ijaraga olib, unga pul yoki mahsulot bilan haq to’lovchi (masalan, chorakor) kolonlar deb atalgan. Ularning har xil turlari bo’lgan. qulni bevosita ishlatgandan ko’ra, unga yer berib, “hosilning bir qismi o’zingniki”, deyilsa, qul tirishibroq ishlagan va xo’jayinga ham ko’proq mahsulot yetkazib bergan. Ammo keyinchalik ular xo’jayinning qutulib bo’lmas qarz kishaniga tusha boshlaganlar. Yer egalari (latifundistlar) va Rim imperiyasining manfaatini ko’zlab, ajratilgan yerlarini tashlab ketuvchi kolonlarga qarshi choralar ko’rila boshlagan. Masalan, 322 yilgi konstitutsiyada ana shunday kolonlarni majburiy qaytarish haqida qoida bo’lgan. 356 yilda esa yerni unda ishlovchi kolonlarsiz sotishni taqiqlovchi qonun chiqqan. Shu tariqa kolonlarni yerga biriktirib qo’yish yuridik asosga ega bo’lgan. Kolonlikning yuzaga kelishi quldorlik tizimi inqirozining natijasi bo’lgan. Pekuliylikning o’zi (Pekuliy haqida quyida batafsil to’xtalamiz. – Z. Sh.). qulning manfaatdorligini oshiruvchi omil bo’lib, keyingi o’zgarishlarning boshlanishi bo’lgan. Rim imperiyasi ancha susaygan bo’lib, endilikda harbiy yo’llar bilan qullarni ko’paytirishning imkoniyati qolmagan edi. Undan tashqari, kolonlik bilan rizq topib, kun ko’rishga rozi qashshoqlar ham ko’payib ketgan edi. Rim davlatining o’zi ham kolonlardan tushadigan soliqlardan ko’proq manfaatlar bo’la boshlagan, pirovardida ular soliq to’lovchilar armiyasini tashkil qilganlar. Kolonlarning to’liq huquqqa ega bo’lmagan, yer egalariga qaram tabaqa sifatida shakllanishi imperator Anastasiy (491-518) vaqtida yuz bergan. Uning qonuniga binoan, 30 yil davomida yerni ishlagan kishigina o’sha yerga egalik huquqiga ega bo’lgan. Shu tariqa, feodalizmga yo’l ochilgan. Kolonlar esa krepostnoylarning salaflariga aylanganlar. Shunday qilib, yerga biriktirib qo’yish, chorakorchi va boshqalar feodallarning dehqonlar kuchidan foydalanish vositasi bo’lgan. Pekuliy. Rimda qul egalari o’z mulklarining bir qismini qullarga topshirib, ularni bu mulkni idora qilishga jalb qilib qo’yganlar. Bunday mulk pekuliy deb atalgan. Masalan, qul kema kapitani vazifasini bajargan yoki biror yer mulkining boshqaruvchisi bo’lgan, ammo bu mulklarga, uning biror bo’lagiga yoki undan keladigan daromadga hech qanday egalik huquqiga loyiq hisoblanmagan va buni da’vo ham qilolmagan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling