3. Peregrinlar. Yuqorida aytilganidek, 242 yilda peregrinlar pretori lavozimi ta’sis etilgan. U o’z ediktlarini chiqarish huquqiga ega bo’lgan. Uning farmonlari shahar pretori bilan kelishilgan holda chiqarilgan. Shunday qilib, xususiy va hududiy huquqlar kelishib olib boriladigan bo’lgan. Pirovardida hududiy huquq normalari yengib chiqqan, chunki pregrin pretori tabiiy huquq normalaridan ko’proq foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan.
Peregrinlar asosan Rim bosib olgan o’lkalarning (Gretsiya, Misr, Fransiya, va h. k.) fuqarolari bo’lganlar. Imperator Karakall qonuniga (212) muvofiq, pregrinlar holati ancha o’zgargan. Endilikda Rim poytaxt bo’lib qolsa ham uning imtiyozlari tugatilgan, Rimdagi barcha ozod kishilar fuqarolik huquqini olganlar. Endi asl rimlik va peregrin tovar almashtirish, oldi-sotdida bir xil huquqqa ega bo’lgan. Ular o’rtasidagi o’zaro nizolar ham teng huquqli asosda hal qilina boshlagan va “ekstraordinar (favqulodda) kognitsiya” deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |