Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet67/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

3-§. Nikoh


Modestin nikohni “ilohiy va insoniy ittifoq” deb ta’riflangan bo’lsa ham, Rim huquqida xristianlardagi singari uni ilohiylashtirish bo’lmagan.

Nikohlar “cum manu mariti”, ya’ni erkak hukmronligidagi nikoh (Yustiniandan avvalgi davrda) va Modestin (III asr) zamonga kelib esa sine manu, ya’ni xotin hukmronligidagi nikohlarga bo’lingan. Nikohga kirish uchun quyidagilar talab qilingan: balog’at yoshiga yetish, o’zlarining va otalarining roziligi, har ikki tomonning bu ittifoq – nikoh ekanligini tushunib, doimo yodda saqlashi, birgalikda hayot kechirish, ayolning eriga vafodorligi. Nikohning quyidagi uch xil marosimidan qaysi birini tanlab olish nikohlanuvchilar, ularning otalari yoki boshqa homiylarining ixtiyorida bo’lgan:

1) non tishlash odati. Nonning qolgani Yupiterga sadaqa qilingan, ruhoniylardan tashqari, yana 10 nafar guvoh qatnashgan. Imperiya davrida bu odat faqat ruhoniylar orasida qo’llanilgan, plebeylarga taqiqlangan;

2) tarozu va mis yordamida amalga oshirilgan marosim. U besh kishining guvohligida o’tkazilgan. Kuyov kelindan: “Sen menga munosib materfamiles bo’lasanmi?”, – deb so’ragan. “Sen qayda bo’lsang, meni ham shundan topasan”, – deb javob bergan kelin. So’ng kuyov kelinning otasiga bir quyim mis bergan. U o’ziga yarasha qalin vazifasini o’tagan. Bu odat klassik davr oxirlarigacha davom etgan;

3) XII jadval qonunlarida rasmiy bo’lmagan, oddiy nikoh shakli haqida habar beriladi. Unga ko’ra, hayotini hech qanday rasmiy marosimsiz erkak bilan bog’lagan ayol unga tobelikdan ozoddir va xohlagan vaqtida ajrashib ketaverishi mumkin. Ammo u bir yilda uch kecha eri oldiga kelib turishi kerak bo’lgan. Agar ayol bu shartni buzsa, uning norasmiy nikohi rasmiylashtirilgan va u erkak tobeligiga tushib qolgan. Bunday nikohdan tug’ilgan bolalar ham rasmiy nikoh bolalariniki kabi huquqlarga ega bo’lganlar.

Xullas, nikoh qoidalarining asosiy vazifasi teng huquqli oila qurish emas, balki unda otaning mutlaq hukmronligini o’rnatish bo’lgan.

445 yilda Kanuyel qonuni qabul qilingunicha patritsiylar bilan plebeylar o’rtasida nikoh tuzish taqiqlangan. Rim fuqarosi bilan peregrinlar ozodlar bilan qullikdan bo’shatilganlar, ozod fuqarolar bilan qullar o’rtasida nikoh tuzish ham taqiqlangan. qarindoshlar orasida esa amaki va jiyan, vasiy bilan uning himoyasidagi ayol o’rtasidagi nikohlar taqiqlangan. Nikohga kirishning eng kam yoshi qizlar uchun 12, yigitlar uchun 14 yosh qilib belgilangan. Keyinchalik xristianlar ham shuni qabul qilganlar.

Xulosa qilib aytganda, faqat quyidagi shartlarning bajarilishigina nikohga kirish huquqini bergan:

1) uy egalarining roziligi;

2) nikohlanuvchilarning roziligi;

3) nikohlanuvchilarning nikohlanish huquqiga egaligi (bu huquq faqat Rim fuqarolari orasida bo’lgan);

4) nikoh yoshiga yetganlik;

5) boshqa nikohda bo’lmaslik;

6) nikohlanuvchilarning qarindosh bo’lmasligi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling