Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
Nazorat uchun savollar1. qadimgi Rim oilasining o’ziga xos tomonlari nimalardan iborat bo’lgan? 2. qadimgi Rimda nikoh qanday tuzilgan? 3. qanday sharoitlarda nikoh bekor bo’lgan? 4. Er-xotinning mulkiy munosabatlari qanday bo’lgan? 5. Ota-onalar va bolalarning huquqiy munosabatlari qanday tartibga solingan? 6. Vasiylik va homiylik qanday bo’lgan? 7. Otalik hokimiyati qanday tugatilgan?
vi bob. Rim xususiy huquqida MULK hUqUqI VA BOSHqA ASHYOVIY hUqUqLAR1-§. Ashyoviy huquqJahon tarixida xususiy mulkchilik huquqini ishlab chiqishga rimliklar ulkan hissa qo’shganlar. Ular xususiy mulkni hech bir ideallashtirmay va ilohiylashtirmay, hayotda qanday bo’lsa, shundayligicha tavsiflaganlar. Bu huquq ularga ashyolardan foydalanish va ularga hukmronlik qilish, ashyolarni o’z xohishlariga ko’ra tasarruf etish huquqini bergan. Rimliklarning: “Ashyolardan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, hatto ularni yo’q qilishgacha bo’lgan huquqi”, degan iborasi xususiy mulkchilikning klassik ifodasi bo’lib xizmat qildi. Engels: “Rim huquqi – sof xususiy mulkchilik hukmronlik qilgan jamiyat hayotiy sharoitlarining va kelishmovchiliklarining klassik ifodasi”, degan fikrni aytib o’tgan. “Keyingi feodal qonunlari ham, burjua qonunlari ham unga arzirli o’zgarish kirita olmadi”, – deydi u davom etib.
Rim huquqida egasiz narsalar bo’lganidek, jismsiz narsalar ham bo’lgan. Chunonchi, biror kishining meros huquqi, ammo bu huquq amalga oshmay, ya’ni unga tegmay qolishi mumkin (amalga oshmagan servitut va uzufrukt huquqlari kabi). Agar bir kishi boshqa kishining yeridan o’z mollarini haydab o’tish huquqini olgan bo’lsa, unda bu jismli ashyo buladi, ammo u shu yer egasining yordamisiz haydab o’tolmasa unda vujudsiz ashyo huquqi bo’lib qoladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling