Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob. Rim xususiy huquqida shaxslar tushunchasi
Nazorat uchun savollarDa’volarning qanday turlari mavjud? qanday sud tizimi mavjud bo’lgan? Formulyar sud nima? Dalillarni taqdim etish qanday tartibda amalga oshirilgan? Kognitsion ish yuritish haqida nimalarni bilasiz? Interdikt necha xil bo’ladi? Da’vo muddati qanday belgilangan? IV bob. Rim xususiy huquqida shaxslar tushunchasi1789 yilda fransuzlarning inson va fuqaroning huquqi haqidagi deklaratsiyasi e’lon qilinganidan beri u o’ziga, rasman bo’lsa-da, og’ishmay yo’l ochib bormoqda va umumbashariy qimmatga ega umumdemokratik qadriyatga aylanmoqda. Deklaratsiyada insonlarning ozod va teng huquqli bo’lib tug’ilishlari va to o’lguncha shunday qolishlari, shuningdek, ozodlik, mulkka egalik, xavfsizlik va zulmga qarshi kurash har bir davlatning maqsadi bo’lishi zarurligi va huquqiy tenglik prinsipi e’lon qilingan. Ammo qadimgi Rimda bunday bo’lmagan. Unda qulchilik tizimi taraqqiy etgan bo’lib, qul hech qanday huquqqa ega bo’lmagan. U ishlab chiqarish quroli yoki ish hayvoniga tenglashtirilgan. Shu bilan birga, har qanday ozod fuqaroning ham qulga aylanib qolishi hech gap bo’lmagan. Chunonchi, agar u asirga tushib qolsa, qarzini to’lay olmasa, biror gunohi uchun surgunga hukm qilingan bo’lsa, qul qilib ishlatilishi, sotib yuborilishi mumkin bo’lgan. O’qituvchilik, ish boshqaruvchilik kabi ishlarni bajaruvchi qullarni xo’jayinlar tuzukroq ahvolda tutganlar. Bunday qullarga xo’jayinlari topshirgan vazifalar yuzasidan turli da’volar ham mavjud bo’lgan. qulga ma’lum miqdorda yer ajratib bergan xo’jayin qulni boqish vazifasidan ham qutilgan. Bunday qul yerni ishlab, o’zini boqqan, yerga kerakli xarajatlarni o’zi qoplab, xo’jayiniga ma’lum miqdorda to’lov ham berishi kerak bo’lgan. Ozod qilingan qullar ham ma’lum kunlarda xo’jayiniga ishlab berishlari lozim bo’lgan. Ana shunday munosabatlarning yuzaga kelishi bilan turli da’volar kelib chiqqan. Og’ir jazo berilishiga qaramay, qullarning qochishi tez-tez uchrab turgan. Agar kul xo’jayinini o’ldirsa, o’sha vaqtda uyda bo’lgan qullarning hammasi o’limga hukm etilgan. Xo’jayinning qullarni o’ldirishi esa oddiy hol hisoblangan. Xo’jayinlar qullarning o’zaro turmush qurishiga qarshilik ko’rsatmaganlar, chunki bu ularning qullari ko’payishiga olib kelgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, qarzlarini to’lay olmagan fuqarolar qullikka mahkum etilganlar. Ammo mil. av. 326 yilda Peteliya qonuni qabul qilingach, qarz beruvchiga mol-mulkini berish yoki ma’lum vaqt ishlab berish bilan ham qutilishi mumkin bo’lgan. Bu “addikt sudi” tomonidan belgilangan. 19 yilda imperator Tiberiya davrida qulni ozod qilish masalasi ko’rilganda ovozlar soni teng bo’lib qolsa ham ozodlik tarafiga hukm chiqarilgan. Bu qonun bo’yicha qul sotilgan taqdirda bolani onadan ajratish taqiqlangan. Rim xususiy huquqining sub’yektlari alohida jismoniy va yuridik shaxslardan iborat bo’lgan. Huquq sub’yekti persona (persona) deb atalgan. U to’la huquqiy layoqatga ega bo’lgan va quyidagi guruhlardan tashkil topgan: erkin bo’lishi bilan – status libertatus; fuqarolik huquqiga ega bo’lishi bilan – status civitatis; oilaviy holati bilan – status familias. Birinchi guruh erkin shaxslar va quldorlardan tashkil topgan. Ikkinchi guruh – Rim fuqarolari va xorijiy davlat fuqarolari, uchinchi guruh – oila boshlig’i va unga itoat etuvchilardan iborat bo’lgan. Xususiy huquq bo’yicha quyidagi shaxslar to’la huquqiy layoqatga ega deb tan olingan: a) ius conubii – nikohdan o’tish, rimliklar oila qurish huquqiga ega bo’lganlar; b) ius comerci – mulkiy munosabatlarning sub’yekti huquqiga ega bo’lganlar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling