Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
2-§. EgalikAshyoga amalda xo’jayinlik yoki hukmronlik qilish, qo’lda saqlab yoki ushlab turishga egalik (possessio) deyilgan. Bu tushuncha “mulk”, “mulkdor” tushunchalaridan ilgari ma’lum bo’lganligi tufayli Rim yuristlari bu haqda alohida ta’limot yaratganlar. Bu ta’limot shunchalik mukammal bo’lganki, “mulkdorlik” va “egalik” tushunchalari orasida hech qanday umumiylik yo’q (Nihil commune habet proprietas cum possessione) degan gapda ham asos bor. Modomiki, shunday ekan, so’z qandaydir vaqtinchalik emas, balki doimiy egalik haqida boradi. Egalik qilingan ashyo faqat shaxs qo’lida bo’ladi, doimiy ravishda shaxsniki bo’lishi kerak. Ba’zi birovlar ashyoni o’ziniki qilib yurib, “oxiri meniki bo’lib ketar” deb umid qilsalar ham, uning egasi hisoblanmaydilar. Shuningdek, o’g’irlab olingan ashyolar ham to egasi topilmaguncha egasiz bo’ladi, vaqtincha olib yurgan kishi uning egasi hisoblanmaydi. Qadimgi Rimda yer taqchil bo’lgan. Shu bois yer umumxalq mulki hisoblangan. Uning bo’sh yotishi barchaning manfaatiga zid bo’lgan. Shuning uchun ham egasiz, tashlandiq yotgan yoki egalari qaramay qo’ygan yerlarni egallab olib, ishlash va obod qilish avj olgan. Agar yangi xo’jayin yerni ikki yil yaxshi ishlab, obod qilsa, egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddat yetgan hisoblangan. Ko’char mol-mulkka nisbatan ham bu qoida qo’llanilgan, ammo bunda muhlat ikki yildan bir yilga tushirilgan. Demak, “egalik” ikki jihat bilan belgilangan: a) ashyoga amalda xo’jayin bo’lish; b) shu narsaga xo’jayin bo’lish istagi. Agar bulardan bittasi bo’lmasa ham, egalik huquqi tasdiqlanmagan. Buning uchun quyidagilarni inobatga olish kerak bo’lgan: 1) bu buyumlar xuddi marhumning o’z mulkidek vorislarga to’g’ridan-to’g’ri meros huquqi bilan o’tmagan; 2) insofli asosda egalik qilayotgan odamni egalik ostidagi ashyoga egalik huquqini zo’rlik bilan buzilganda o’z huquqini himoya qilib da’vo bildirishga haqli; 3) asirlikdan qaytish ashyolarga egalik huquqini mulk huquqi kabi o’z-o’zidan tiklamagan; 4) xususiy mulk huquqi da’vo bilan himoyalangan, ashyoga egalik esa interdikt bilan va sud orqali tiklangan. Shaxs egalik huquqini boshqa kishi orqali ham qulga kiritishi mumkin bo’lgan, buning uchun: a) uning vakilida shu narsani olish uchun berilgan to’liq vakolat bo’lishi kerak bo’lgan. Bu vakolat qonunan, ya’ni vasiylikdan yoki vorislikdan yoxud alohida shartnomadan kelib chiqishi mumkin bo’lgan; b) vakilda ashyoni o’zi uchun emas, boshqa birov uchun olish istagi bo’lishi lozim bo’lgan. Ushbu ikki holatning bo’lishi vakil orqali egalik huquqini olishga imkon bergan.
Qadimgi Rimda mulk egasi bunday ashyo bo’yicha o’z huquqini himoya qilish uchun pretorga murojaat qilishi mumkin bo’lgan, ammo ashyoni ijaraga olgan kishining bunga haqi bo’lmagan. Chunki u ashyoni vaqtincha qo’lida ushlab turuvchi hisoblangan. Ammo agar narsa saqlab berish yoki bir joydan ikkinchi joyga olib borib berish uchun berilgan bo’lsa, u vaqtda ashyoni olganlar ushlab turuvchi huquqiga ham ega bo’lmaganlar, chunki ular bu ashyodan foydalana olmaganlar. Birovning iltimosiga ko’ra vaqtincha foydalanish uchun berib turilgan yer “prekar yeri” deyilgan va bu holda ham pretor yerni olgan kishining emas, yer egasining huquqlarini himoya qilgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling