Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet79/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Oddiy va murakkab ashyo. Pomponiy uning klassik ta’rifini bergan:

1. Oddiy ashyolar bir butun bo’ladi (masalan, qul yoki bir yog’och kabi).

2. Murakkab ashyolar ikkiga bo’linadi: a) Boshqa bo’laklardan yig’ilgan (uy, kema kabi); b) bir nom ostida birlashgan, ammo bir-biriga qo’shilmas alohida narsalardan yig’ilgan (masalan, mollar podasi kabi).

Murakkab ashyolarning turi ko’p bo’lib, ular yuzasidan yuridik qaror qabul qilish ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Masalan, bir poda qo’yni garovga olib, qarz bergan kishi qarz qaytariladigan vaqtgacha qo’ylarni olgan holatida saqlab turishi kerak bo’lgan. Bu esa oson emas (ularni bo’ri tortib ketishi, o’g’irlanishi yoki kasallik tegib qirilib ketishi mumkin).



Xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar. Ashyolar yo’qolsa, shikastlansa yoki sinsa buning uchun amalga oshiriladigan to’lov masalasidagi nizolarda ularning o’xshashligi yoki o’zigagina xosligi masalasi katta ahamiyatga ega bo’lgan. Olish-sotishda og’irligiga, hajmiga yoki soniga qarab o’lchanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblangan. Masalan, birovga pul berilsa, o’sha pullarning o’zi talab qilinmaydi, balki miqdoriga qarab olinadi. Ammo birovga idish berilsa, xuddi o’zi talab qilinadi, shu bois bu xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo hisoblanadi. Bunday narsa sinsa yoki yo’qolsa, uni qaytarish masalasi qiyinlashadi, sud uning qiymatini bosa oladigan narsa bilan qoplashni talab etadi va h. k.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling