Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet84/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

3-§. Mulk huquqi


Rim huquqida mulk lotincha “dominium” co’zi bilan ifodalangan. Bu so’z “bo’ysundirilgan”, “rom qilingan”, “qo’lga olingan” ma’nolarini anglatgan “domare” so’zidan olingan bo’lsa kerak. Birovning mulkiga aylangan ashyo yoki buyum “propriyetas” (proprietas) deb atalgan.

Respublikaning oxirgi davrida faqat Rim fuqarolarigina bu huquqqa ega bo’lganlar. Mulk huquqining asosiy ko’rsatkichi mulkka mutlaq xo’jayinlik va uning taqdirini hal qilish huquqlarining qo’shilishidir.

Qadimgi Rimda mulk huquqi quyidagilar bilan belgilangan:

1) ashyoga bevosita xo’jayinlik, hukmronlik qilish;

2) ashyoga boshqa kishilarning har qanday da’vosi va haq-huquqini istisno qiladigan maxsus huquqning mavjudligi;

3) qonunda ko’rsatilganlaridan tashqari hollarda ashyoga bo’lgan to’liq, cheklanmagan, mutlaq huquq;

4) xo’jayinlikning, hukmronlikning sharoitga yengil moslanishi;

5) ashyoga qonuniy haqdorligi;

6) mulk egasining ashyodan hamda u keltirgan hosil va daromadlardan foydalanishga bo’lgan to’liq va bevosita hokimiyatga ega bo’lishi.

Rim xususiy mulkchiligida yerga bo’lgan huquq boshqa barcha huquqlardan ustun turgan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling