Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pretor mulki
Inyure sessio. qadim zamonlardan boshlab mansipatsiya bilan birga, “inyure sessio” (in iurecessic) deb atalgan usul ham qo’llanib kelgan. Bu ko’p variantli soxta sud jarayoni bo’lgan. Bunda nizolashuvchi tomonlar pretorga murojaat etganlar. Pretor ashyoning taqdirini hal qilib, bittasiga hukm chiqargan va hujjat ham bergan. Shu bilan janjal hal bo’lgan. Pretor buning uchun tarafkashlardan biri – xaridor talablarini, gaplarini eshitgan, agar u sukut qilsa, buni da’vogar so’zlarini tasdiqlash deb hisoblangan va qaror chiqargan.
Bu marosim, ashyoga egalik huquqini birovga o’tkazishdan tashqari, boshqa munosabatlar, masalan, merosdan voz kechish, qulni ozod qilish, servitutni boshlash yoki tugallash kabilar munosabati bilan ham qo’llanilgan. Mansipatsiyadan farqli o’laroq, bu usul qo’ldan-qo’lga rasmiy an’anaviy yo’l bilan o’tgan barcha narsalarga nisbatan qo’llanilgan. Bunda gap pretorlar emas, balki kviritlar mulkchiligini aniqlash ustida boradi.
Vaqti kelib sivil huquqi da’vosiga aldov haqidagi eksepsiya qarshi qo’yiladigan bo’lgan. Mashhur eksepsiya dol (exeptio doli)da: “Agar da’voda yolg’on, aldov borligi ma’lum bo’lib qolsa, uni rad etish uchun shuning o’zi kifoya, boshqa narsa kerak emas”, – deyilgan. Pretorlar shu yo’llar bilan savdo-sotiq va, umuman, munosabatlarning insofli va adolatli bo’lishiga erishganlar. Shunday qilib, pretor eksepsiyasi, ya’ni faktga asoslangan e’tiroz vujudga keladiki, u da’voning huquqiy asosini ham barbod etishi mumkin bo’lgan. Ancha vaqtgacha bu usullar parallel ravishda ishlatib kelingan. Bu ahvolining uzoq davom etolmasligi ochiq ma’lum bo’lib qolganda, pretor Publitsian edikti paydo bo’lgan (mil. av. 70 y.) va da’vo ham uning nomi bilan ataladigan bo’lgan. Ushbu orqali bonitar mulk egasi (mulkdor) vindikatsion da’vo qilish huquqiga ega bo’lgan.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling