Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги
Download 0.53 Mb.
|
Рим-лотин 2010 shomuhamedov
Yer va yer uchun kurash. Jamiyat iqtisodiyotining asosiy qismini agrar soha tashkil qilgan paytlarda yer masalasi juda muhim bo’lgan va u eng qimmatli mulk hisoblangan. Shu bois turli siyosiy kurashlar bilan birga, yer uchun kurash ham avj olgan: uni taqsimlaganlar, qayta taqsimlaganlar, kimlargadir berganlar, kimlardandir tortib olganlar va h. k.
Yer haqida doimo turli qonunlar, farmonlar chiqib turgan. Biz qadimiy davrlar haqida gapirmasak ham, keyingi davrlar qonunlaridan quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkin: Litsiniy-Sekstiy qonuni (mil. av. 3–7 y.) fuqarolarga (patritsiylarga ham) 500 yuger (125 ga) dan ortiq yerga ega bo’lishni taqiqlangan. Jamoat yerlarida 100 boshdan ortiq mol boqish ham taqiqlangan. Flaminiy qonuni (mil. av. 228 y.) Shimoliy Italiya jamoa yerlarini muhtoj kishilarga bo’lib berishga ruxsat etgan. Liviy qonuni (mil. av. 89 y.) Italiyada bo’sh yotgan yerlarni kambag’allarga bo’lib berish haqida bo’lgan. Mayda yer egalari bilan katta zamindorlar orasidagi kurashning qizishiga Tiberiya Grakx islohoti (mil. av. 133 y.) sabab bo’lgan. Bunda davlat yerlarini bosib olish taqiqlangan, bir kishi uchun ilgarigidek 500 yuger qoldirilgan, ammo voyaga yetgan o’g’illari bo’lsa, ularga 250 yuger qo’shib beriladigan bo’lgan. Ammo oilaning umumiy yeri 1000 yugerdan oshmasligi kerak bo’lgan. Ortiqchasi 30 yugerdan qilib kambag’allarga bo’lib bergan. Bu qonun senat arboblarining qarshiligiga uchragan, chunki ular orasida katta yer egalari – prosessorlar ko’p bo’lgan. Rim tarixchisi Apian bu davr haqida: “Boylar yerni bosib oldilar, kambag’allar esa bola-chaqasini boqish uchun mablag’siz qoldilar”, – deb yozgan edi. “Tiberiyga kelsak, u kambag’allarga rahm-shafqatdan emas, ularga yer berib, davlatga jangovar askarlar olishni mo’ljallar edi”, deb yozgan edi yana u. Yer uchun avj olib borayotgan kurashni susaytirish maqsadida xalq majlisi mil. av. 111 yil qonunini qabul qilishga majbur bo’lgan. Bu qonunga binoan, barcha yer mulklari, ularning kelib chiqishidan qat’i nazar, kvirit mulklari hisoblanadigan bo’lgan. Spuriy Toriy qonuniga binoan, musodara qilish ruxsat etilgan yerlarni majburan tortib olish taqiqlangan (mil. av. 121 yilda bekor qilingan edi). Harbiy diktatura davri yerlarni qayta bo’lish shiori ostida o’tgan. Sulle davrida (81 y.) katta-katta yer maydonlari musodara qilinib, ularga 100 minglab askarlar joylashtirilgan. I asr oxirida kambag’allarga yer berish haqida komitsial qonun chiqqan. Keyingi yillarda yerlarning bir to’da kishilar qo’lida to’planishi latifundiyalar va kolonatlarni keltirib chiqargan. Bu esa dehqonlarning yersizlanishiga va ekspluatatsiya qilinishga olib kelgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling