Њзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Download 0.53 Mb.
bet86/154
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#227455
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154
Bog'liq
Рим-лотин 2010 shomuhamedov

Mansipatsiya. Rimda mulk huquqini boshqa shaxsga tantana bilan o’tkazish tartibi mansipatsiya deb atalgan. Bu marosimda, ikkala tarafdan tashqari, besh guvoh va tarozibonning hozir bo’lishi talab etilgan. U vaqtlarda Rimda tanga-chaqalar zarb qilinmagani sababli, pul vazifasini bajaruvchi mis og’irligiga qarab qabul qilingan. Ashyoni oluvchi (xaridor) olayotgan narsasining bir chekkasini bo’lsa ham qo’lida ushlab turib, odatga aylangan quyidagi so’zlarni takrorlagan: “Men iqror qilamenkim, kviritlar huquqiga binoan, bu narsa menga qarashli va men buni mana shu mis evaziga sotib oldim”. Misni taroziga bir urib olgach, xaridor uni sotuvchiga topshirgan va shu bilan marosim tugallangan.

Vaqtlar o’tishi bilan mansipatsiya udumi boshqa sohalarda (masalan, hadya, mol almashtirish, bola asrab olish va boshqalarda) ham qo’llaniladigan bo’lgan. Bunda ramziylik kuchli bo’lsa-da, xaridorning mulkka bo’lgan huquqini mustahkamlab, unga kafolat bergan.

Pul berish masalasiga kelganda esa, u xohlagan shaklda bajarilishi mumkin bo’lgan. XII jadval qonunlaridan ilgari pontifiklar o’ylab chiqargan bir chaqa berish orqali ijro etish usuli qo’llanilgan. Bu usulga ko’ra, mansipatsiyada xaridor birgina chaqani sotuvchiga tantanali topshirgan va bu hisob-kitob tamom bo’lganidan darak bergan. Mansipatsiya oldi-sotdi ishlarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Eski iqtisodiyotning tugashi bilan mansipatsiya ham barham topgan. Ammo “bu meniki” (“meum esse”) iborasi ancha vaqtgacha qo’llanilgan. Bu esa sudyalarga alohida vazifa yuklagan. Ular da’vogarlardan qaysi birining “Bu meniki”si asosliroq ekanligini aniqlashlari va adolatli qaror chiqarishlari lozim bo’lgan Bu juda nozik ish bo’lgan, chunki yutqazgan taraf nafaqat yeridan, balki sud boshlanishi oldidan qo’ygan kattagina garov mablag’idan ham ajralib qolgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling