Provinsiya mulki. Rim davlati bosib olgan (Yevropa va Osiyodagi) joylar Rim imperiyasining chekka o’lkalari hisoblangan va provinsiya deb atalgan. U yerlardagi mulk egalari o’z mulkdorligicha qoldirgan. Ularning birdan-bir egasi qilingan Rim davlati ular ustidan barcha huquqlarga ega hisoblangan, yerni mustamlakachi askarlarga bo’lib berish huquqi ham davlatga tegishli bo’lgan. Bundan chekka o’lkalarning aholisi siqilgan va norozi bo’lgan. II asrga kelib provinsiya yer egalari izufruktariy huquqini olib, himoyalanish imkoniyatiga ega bo’lganlar.
Galliya va Iberiyadagi yerlarning ko’p qismi Rim senatorlari va suvoriylari tomonidan bosib olingan. Ular posessorlar deb atalgan.
Chekka o’lkalardagi yer egaligi ikki jihati bilan ajralib turgan:
1) uning uchun soliq to’langan
2) bu yerlarning huquqiy holati peregrin huquqi asosida tartibga solingan (sivil qoidasi bo’yicha emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |