Tarmoqlanuvchi shartli direktivalar yaratish uchun quyidagi direktiva kiritilgan:
#elif butun_sonli_ifoda
Bu direktiva ishlatiladigan tekst strukturasi:
#if shart
tekst
#elif 1_ifoda
1_tekst
#else
tekst
#endif
Preprotsessor avval #if dirktivasidagi shartni tekshiriladi. Agar shart 0 ga teng bo’lsa, 1_ifoda hisoblanadi agar u ham 0 bo’lsa, 2_ifodani hisoblaydi va hokazo. Agar hamma ifodalar 0 bo’lsa, else uchun ko’rsatilgan tekst ulanadi. Agar biror ifoda 0 dan katta bo’lsa, shu direktivada ko’rsatilgan tekst ulanadi.
Chiziqli jarayon haqida tushuncha
Algoritmlar nazariyasidan ma’lumki hisoblash jarayonlarini shartli ravishda uch xil guruhga ajratish mumkin:
Chiziqli jarayonlar;
Tarmoqlanuvchi jarayonlar;
Takrorlanuvchi jarayonlar.
Chiziqli jarayonni hisoblash algoritmi qat’iy ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi. Bunday jarayonni hisoblash uchun o’zlashtirish operatorining o’zi etarli bo’ladi.
O’zlashtirish operatori bu tengdan iborat. C++ dasturlash tilining boshqa dasturlash tillaridan yana bir farqi shundaki, bu dasturlash tili barcha matematik amallarning o’zlashtirish operatorlari mavjud.
Ma’lumotlarni formatlab chiqarish
printf funksiyasi ko’rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Funksiya iostream.h modulida joylashgan bo’lib, umumiy ko’rinishi quyidagichadir:
printf(control,arg1,arg2,…)
control boshqaruvchi qator deb atalib ikki turdagi simvollardan iborat bo’ladi: oddiy chiqariluvchi simvollar va navbatdagi parametrni o’zgartirib chiqaruvchi spetsifikatsiyalar. Har bir spetsifikatsiya % simvolidan boshlanib o’zgartirish turini ko’rsatuvchi simvol bilan tugaydi. % belgisi va o’zgartirish orasiga quyidagi simvollarni qo’yish mumkin. Chiqarilayotgan argument chapga tekislash lozimligi ko’rsatuvchi minus belgisi. Maydon minimal uzunligini ko’rsatuvchi raqamlar qatori. Maydon uzunligini keyingi raqamlar qatoridan ajratuvchi nuqta. Biror qatordan qancha simvol ajratib olish lozimligini hamda float yoki double tipidagi sonlarda nuqtadan keyin qancha kasr raqamlari bosib chiqarilishini ko’rsatuvchi ko’rsatuvchi raqamlar ketma - ketligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |