Ismoiliylar — 8-asr oʻrtalarida arab xalifaligida shialik yoʻnalishida shakllanib, 10—11-asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharqda keng tarqalgan diniy oqim tarafdorlari. oz. davrda nizoriylar Suriya, Eron, Afgʻoniston shim.da, Togʻli Badaxshonda, mustaʼliylar Yaman, Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan.[1]
|
9-a oxirlariga kelib, ismoiliylik mustaqil diniy firqa sifatida tashkil topdi. Ular maxfiy uyushma yoki tashkilotlar tuzdilar. Bu tashkilotlar muayyan guruhlarning manfaatini ifoda etar edi. Shu davrda yunon falsafa-si, neoplatonizm, neopifagorsizm, xristian gnostitsizmi va b. oqimlar taʼsiri ostida I.ning murakkab diniyfalsafiy tizimi shakllandi. Ularning taʼlimoti avvalo ikkiga: zohiriy (tashqi) — ochiq va botiniy (ichki) — maxfiy taʼlimotlarga boʻlinadi. Zohiriy taʼlimot shialarning umumiy taʼlimotidan kam farq qiladi, bu taʼlimot firqaning maxfiy taʼlimotidan bexabar boʻlgan oddiy ommaga moʻljallangan. Birinchi bor botiniy taʼlimotni movarounnahrlik annasafiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga koʻra, mutlaq xudo oʻzidan quyi boʻlgan 7 ta pogʻonani ajratadi (emanatsiya), yaʼni: mutlaq xudo, olamiy akl, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va komil inson (yaʼni pay-gʻambar).
|
Jafariylar
|
Shia soʻzining toʻliq shakli "shi’at Ali" ("Ali partiyasi") boʻlib, bu nom Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. 7-asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil yoʻnalishga aylangan
|
Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblandi. Iroq, Suriya, Livan, Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka eʼtiqod qiladi. Samarqand va Buxoroda shia jamoalari mavjud.
|
Sh. avval faqat siyosiy harakat sifatida shakllangan boʻlsada, keyinchalik aqidaviy va fiqhiy masalalarda turli oʻziga xos jihatlar paydo boʻldi. Buning natijasida Sh. ham mustaqil oqim sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. shahrida musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad avlodi (Ali va Fotimadan tarqalgan avlodlari) hukmron boʻlish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ularning taʼlimotiga koʻra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, rahbarlik meros sifatida oʻtadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |