Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 0.95 Mb.
bet5/37
Sana05.01.2022
Hajmi0.95 Mb.
#232111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Loyiha ishi(Bozarov Ulug'bek)

Malumotlarni fizik xavfsizligi

Fizik xavfsizlik – tashkilot axborot xavfsizligi dasturining muhim qismlaridan biri. Oʼtgan davrda, insonlar fizik avfsizlik bilan kalitlar, qoʼriqchilar, toʼsiqlar, eshiklar va hak. orqali tushunchaga egalar. Hozirgi kunda, fizik xavfsizlikning koʼrinishi esa tamomila oʼzgardi va tashkilotlardan ishchi kuchlar, aktivlar va koʼchmas mulklar nazoratini talab etmoqda. Mazkur aktivlarning fizik xavfsizligini taʼminlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Tashkilot uchun fizik xavfsizlikni loyihalashda binoning qurilishini rejalashtirishga, jixozlarni sotib olishga, ishchi kuchini jalb etishga, tabbiy hodisalarga, quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va hak.larga eʼtibor qaratish talab etiladi.

Fizik xavfsizlining zaruriyati

Kiberxujumlarning murakkablashishi natijasida hujumchilar tashkilot fizik xavfsizligini buzishda turli usullardan foydalanmoqda. Hujumchilar tashkilotning fizik xavfsizlik tizimidagi boʼshliqlardan foydalangan holda oʼz harakatlarini amalga oshirishadi.



АQShning Department of Health and Human Services Breach Portal tashkiloti tomonidan 2015 yilda tashkilotlarda eng koʼp yuzaga kelgan xavfsizlik intsidentlari fizik xavfsizlikni buzishga uringani aniqlangan

Fizik xavfsizlikni buzilishi boshqa xavfsizlik buzilishlaridan tamomila farq qiladi. Ular texnik maʼlumotsiz juda ham kam hollarda amalga oshirilishi mumkin. Аnaʼnaviy xavfsizlik choralari, masalan, tarmoqlararo ekran, IDS va bosh. fizik xavfsizlikka ishonmagan hollarda, haqiqiy fizik xavfsizlik muammolari ortadi. Masalan, tarmoqlararo ekran vositasi OSI modelining turli sathlarida ishlaydi va himoyani tashkil etadi. Biroq, tashkilotning fizik xavfsizligiga taʼsir eta olmaydi



Fizik himoya tarmoq, ilova yoki maʼlumotlar bazasi xavfsizligi sohalariga oʼxshash amallarni bajarmaydi. Yaʼni, fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida himoyani taʼminlash bilan shugʼullanadi.



Fizik sath quyidagilarni oʼz ichiga oladi:

- barcha kabel va tarmoq tizimlari;

- tizim va kabellarni fizik nazoratlash;

- tizim va kabel uchun quvvat manbai;

- tizimni madadlash muhiti.

Fizik xavfsizlikka tasir qiluvchu faktorlar



Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura

Tashkilotlar oʼzlari uchun bino sotib olishdan yoki ijaraga olishdan oldin fizik xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan koʼplab omillarni eʼtiborga olishi shart. Bu omillar oʼz ichiga binoning joylashuvi, qoʼshni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yoʼllarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam koʼrsatish holati, shifoxona, aeroportga yaqinligi, mazkur hududda mahalliy holatda jinoyatchilar koʼrsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarini mavjudligi va h.k.larni oladi. Tanangan hudud tabiiy ofatlardan, masalan, toshqinlar, tarnadolar, yer ilkinishi, dovul, yongʼinlar va hak.lardan xoli boʼlishi kerak. Binoning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega boʼlingandan soʼng,

ichki tuzilma va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish amalga oshiriladi. Joylashuv arxitekturasini loyihalash va rejalashtirish vaqtida, tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning roʼyxati tayyor boʼlishi lozim.

Fizik xavfsizlikni nazoratlash: joylashuv va arxitektura

Tashkilot infratuzilma va arxitekturani loyihalash vaqtida quyidagi joxatlarga yetibor berishi lozim:

- binoga kirish eshiklarining sonini, asosiy kirish, zinalar, lift, mashina stoyankasi, oʼtish yoʼlaklari va qabul qilish hududini oʼz ichiga olgan holda, aniqlashtirish;

- joylashgan hududingizga yaqin qoʼshni binolarni topish va ular uchun ichki va tashqi arxitekturani tekshirish. Аtrofdagi narsalar haqida qoʼshimcha maʼlumot olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashish.

- agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga va muhim aktivlaringizga taʼsiri haqida oʼylang;



- fizik xavfsizlikni, maxfiy maʼlumotni saqlash va tashkilot ishlarini samarali amalga oshirish yoʼlga qoʼyishni boshqarish uchun talab etilgan muhim infratuzilmani aniqlashtirish.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling