Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 393,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana03.02.2023
Hajmi393,69 Kb.
#1151621
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
6-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
4. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, jurnal-
order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl 
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob 
shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi 
omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
- korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga; 
- korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. 
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat'iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal 
qilinishi shart. 
Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi: 

memorial order shakli 

bosh davtar shakli 

jurnal order shakli 

elektron-avtomatlashtirilgan shakl 
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq 
qiladi: 
1. Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra. 
2. Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. 
3. Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra. 
4. Sintetik va analitik hisob ma'lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra. 
5. Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra. 
Memorial - order shakli 
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib 
asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasalarida qo‘llaniladi. «Memorial» 
so‘zining ma'nosi «xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial - order shakli asosida 
yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob 
registirlarida aks ettirilishi ketma ketligi keltirilgan. 
Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo‘jalik 
jarayonlarning yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma 
aylanma vedomostlardan foydalanadi. 
Buxgalteriyaga topshirilgan dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilgach, 
sintetik va analitik hisob maxsus aylanma vedomostlari to‘ldiriladi: bunday jamg‘arma 
aylanma vedomostlari asosiy vositalar , asosiy vositalarning; pul mablag‘lari va 
qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot; ishlab chiqarish xarajatlari, 
mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish, mehnat haqi yuzasidan hisob kitoblar, 





Download 393,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling