Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 393.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana03.02.2023
Hajmi393.69 Kb.
#1151621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
4. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham korxonalar 
faoliyatini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish 
uchun xizmat qiladi. 
Demak, korxona faoliyati haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy 
hisobot ma'lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan. 
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma'lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks 
ettirishini ahamiyati ham shundadir. 
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma'lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan 
talablarni sanab utdik. Shu talablarga javob berish uchun esa quyidagi vazifalar 
bajarilmogi kerak. 
1. Dastlabki hujjatlarni har tomonlama tekshirish. 
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta'minlanish. 
3. Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks 
ettirib chiqish. 
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida 
yozish. 
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks 
ettirilganda, oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu 
boshlang‘ich qoldiq summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks 
ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, 
hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot summalari bilan boshlang‘ich qoldiq 
summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik. 
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki 
hujjatlarga qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. Yozuvlarni aks ettirish talablari 
shundaki, siyohli, ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan 
foydalanish zarur. 
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta'qiqlanadi bu bilan yozuvlarni 
o‘zgartirish oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta'minlanadi. 
Yozuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, 
mashinada yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin. 
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash mashinalari 
yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi. 
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi 
ko‘ra, bir va bir necha nusxali bo‘ladi. 
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni xar 
bir nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan 
(kopirovka) foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin. 





Download 393.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling