Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 393.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Маъруза матни
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ 11.12.14 2 Olib kelingan tovarlar chakana savdoga qabul qilindi. 2910 4430 80.000 13.12.14 3 Ishlatilmay qolgan pul mablag‘lari qaytarildi. 5010 4430 20.000 Dekabr oyi bo‘yicha jami 100.000 100.000 1 Yanvarga qoldiq - - - Yuqorida «Hisobdor shaxslar bilan hisob kitob» analitik hisobi uchun qo‘llanadigan kartochkani ko‘rib chiqdik. Ushbu kartochka ma'lumoti analitik hisob haqidagi ma'lumotlarda keng yoritilgan. Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish» xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin. Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘rni va boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 1. Xronologik hisob registrlari. 2. Tizimli hisob registrlari. 3. Kombinatsiyalashgan registrlar. Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi. Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma'lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi. Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan bo‘lishi zarur. Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda e'tiborga olmoq zarur. Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 sintetik schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 ta magazin mavjud. Bunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling