Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 393.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana03.02.2023
Hajmi393.69 Kb.
#1151621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
holatda bosh daftarda xar bir moddiy javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi 
va umumiy tovarlar hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo‘lishi zarur. 
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi yuritiladigan 
schyotlarning aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan afzalligi 
quyidagilardan iborat: 
• Hisob ma'lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi
• Hisob ma'lumotlari saklanishi mustahkam ta'minlanganligi. Buxgalteriya 
daftarining kamchiliklari ham bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 
• Buxgalteriya xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga 
xalaqit beradi, sababi, daftarda korxonada hisobi yuritiladigan hamma schyotlar 
joylashgan. Buxgalteriya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli 
ma'lumotlarni aks ettirish uchun daftar bo‘shashini ko‘tishi kerak bo‘ladi. 
• Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, hisob ishlarini 
mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi. 
• Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga halaqit beradi. 
Birinchidan,daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt yo‘qotiladi; 
ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, tegishli varaqni topib, 
undan foydalanishni sekinlashtiradi. 
Buxgalteriya 
daftarlarining 
hamma 
varaqlari 
ham 
hamma 
vaqt 
foydalanilaverilmaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri uchun 
foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi. 
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun mo‘ljallangan. 
Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan 
shaklda ham bo‘ladi. 
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. Bunday 
registrlarning afzalligi quyidagilardan iborat: 
• Hisob ishlari ixchamlanadi. 
• Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini qisqartiradi. 
Xronologik va tizimli yozuvlar umumlashtirilgan va kombinatsiyalashtirilgan 
hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma'lumotlar hajmiga ikki 
turga ajratiladi. 
1.Sintetik registrlar. 
2. Analitik registrlar. 





Download 393.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling