Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
______________________________________________________________________
Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda
xodimlar soni va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya
hisobi shakllaridan birini tanlaydilar.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini bir oyda xo‘jalik jarayonlari 100
tadan oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki hujjat ma'lumotlari Bosh
daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli
yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish
maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik
jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi
XO‘JALIK OPERATSIYALARI
REESTRI
20 yil ________________ oyi uchun
T/r Sana Boshlang‘ich hujjatning
nomi va raqami
Operatsiya
mazmuni
Summas
i (so‘m)
Hisobvaraqlar
korrespondentsiyasi
Debet
Kredit
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish
mumkin:
1. Bosh daftar.
2. Hisob obyektlari hisob vedomosti.
Vedomostlarlar analitik hisob registlari hisoblanadi.
Agar korxona hisob obyektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u holda Bosh
daftarga ma'lumotlar ham dastlabki hujjatlar, hamda vedomostlar ma'lumotlari asosida
yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |