Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси


Download 393.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana03.02.2023
Hajmi393.69 Kb.
#1151621
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
6-Маъруза матни

 

Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
 
______________________________________________________________________ 
Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki 
hujjat tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondentsiyalanuvchi schyotlar 
ko‘rsatiladi. 
Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari 
quyidagilardan iborat. 
- yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi; 
- hisob ishlari kamayadi; 
- qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi; 
- sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi
- hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh 
daftar shaklini qo‘llashda ba'zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular quyidagilardan 
iborat: 
- Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay 
qoladi; 
- Qo‘llaniladigan schyotlar miqdori ko‘payishi, xato yozuvlar aks ettirilishi 
ehtimolini oshiradi; 
- Hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini 
ta'minlamaydi. 
Ammo, yuqorida ta'kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan 
kichik korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat 
qiladi 
Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib 
chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir 
dastlabki hujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan 
jarayonga taaluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondentsiyalangan 
schyotlar debeti va kreditida yoziladi. 
Oy oxirida xar bir schyot bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami 
debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet 
va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi hisob ishlari to‘g‘ri aks ettirilganligini bildiradi. 
Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga 
«Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak. 
Shundan so‘ng, xar bir schyot bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy 
ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv 
schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir. 
So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini, kompyuter 
sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin. 





Download 393.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling