Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси
Download 393.69 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Маъруза матни
Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академияси ______________________________________________________________________ - buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob hujjatlarida keltirilgan ma'lumotlarini qayd etish; - moliyaviy hisobotlarni tuzish; - buxgalteriya registrlari ma'lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin: - xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari; - Tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan C- 11-songacha ilovalarga binoan). Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda boshlang‘ich hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va satrlarni kiritish huquqiga egadirlar. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va ularning ma'lum bir sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni aniqlash mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama hisob registri bo‘lib hisoblanadi. Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo boshlang‘ich hujjatlar ma'lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning yakuniy ma'lumotlari asosida to‘ldirish mumkin. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida, uni operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda Daftar birma-bir tiqilishi va raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng "Operatsiyalar mazmuni" ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda "Nazorat summasi" ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq turlarini hisobga olish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling