Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
Korxonalarning moliyaviy holati bu
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab jarayon bo’lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyiagilardan iborat
- Moliyaviy tahlilning yo’naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin
Korxonalarning moliyaviy holati bu:
komples ravishdagi tushuncha bo’lib, u o’z ichiga keng ko’rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi; korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo’jalik omillarining harakati, ularning o’zaro aloqadorlik natijasidir; korxonalarning mo’’tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir; korxonalarning boshqa xo’jalik sub’ektlari, organlari va tashkilotlari bilan o’zaro aloqalarni haqiqiy aks ettirishidir. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil - bu keng ko’rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab jarayon bo’lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyiagilardan iborat: absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni borligini bilish; moliyaviy tahlil mobaynida absolyut va insbiy ko’rsatkichlardan birgalikda foydalanish; moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga - alohida hodisalardan umumiy hodisalarga o’tish, moliyaviy holatning bir shakl ko’rinishidan umumiy ko’rinishga o’tish va deduktiv usulga - umumiy hodisalardan alohida hodisalarga o’tishga asoslanib tahlil qilish; hamma foydalanilayotgan ko’rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim; moliyaviy holatni tahlil qilisha tahlil qilinayotgan korxona ko’rsatkichlarini boshqa korxonalar, o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlari va ilg’or korxonalar ko’rsatkichlari bilan taqqoslash; moliyaviy tahlilning har tomonlama bo’lishligi va korxonalarning umumiy moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish; moliyaviy tahlilni samarali o’tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni oldindan tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish; moliyaviy tahlil ob’ektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy holati real darajasini ifodalashi lozim; moliyaviy tahlil o’z vaqtida o’tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy holatni yaxshilash choralarini o’z vaqtida amalga oshirishga imkon berish; moliyaviy tahlil kompleks ravishda o’tkazilib, unda moliyaviy holatning hamma shakl va yo’nalishlari ifodalanishi lozim; moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy hisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan bir aniq vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir. Ko’rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab va muhim bo’lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo’lishi lozim. Yuqorida ko’rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagi vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi kerak: Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash; Moliyaviy holatning o’zgarishini aniqlash; Moliya holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish; Korxonalarda qo’lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifodalab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zahiralarni ko’rsatib berish. Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini ko’rsatib berish. Bajariladigan vazifalar shuni ko’rsatayaptiki, moliyaviy holatni tahlil qilish korxonalarda shakllanayotgan boshqaruv tizimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Moliyaviy tahlil boshlanmasdan tahlilning ob’ektlari va predmetlari aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlilning asosiy ob’ekti bo’lib, xo’jalik sub’ektlari, alohida korxonalar, tashkilotlar hisoblanadi. Lekin moliyaviy holat korxonalar guruhi, ishlab chiqarish tarmoqlari miqyosida ham aniqlanishi mumkin. Moliyaviy tahlilning yo’naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin: gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi; nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. Masalan korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi; taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. Korxanalar faoliyatini o’rganishda buxgalteriya hisoboti asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Ular moliyaviy ma’lumotlarning umumlashtirilishi natijasida tuziladi hamkorlikda ishlovchilar o’rtasida bir-birini o’rganish vositasi bo’ladi. Hisobot ma’lumotlari asosida korxona faoliyatini o’rganishga qiziquvchilarni shartli ravishda bevosita va bilvosita talabgorlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mulk egalari, qarz beruvchi, mol yetkazib beruvchi, xaridorlar, soliqchilar, moliyachilar, korxona ishchi va rahbar xodimlari kiradi. Har bir qiziquvchi o’zining manfaati va talabiga qarab moliyaviy hisobotlarni tahlil etadi. Mulk egasi sarmoyadan qanchalik samarali foydalanilayotganligi, qo’shma olinadigan daromad summasi bilan qiziqsa, qarz beruvchi berilgan mablag’ni qaytarib olish imkoniyatini oldindan bilishga xarakat qiladi. Bilvosita qiziquvchi iste’molchilarga auditorlik firmalari, birjalar, assotsiatsiya vakillari, matbuot xodimlari, kasaba uyushmalari va boshqalar kiradi. Ular moliyaviy holatga aloqador bo’lmasada, birinchi guruh talabgorlarining manfatini himoyalash maqsadida hisobot ma’lumotlarini o’rganadilar. Moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliyatiga to’g’ri baho berish muhim vazifadir. Ushbu kitobda buxgalteriya hisoboti asosida korxonalar faoliyatining moliyaviy tahlilini o’tkazish uslubi bayon etilgan. U moliyaviy hisobotni o’rganishga qiziquvchi tadbirkorlar, soliq, moliya, bank tizimi xodimlari va keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling