Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси


Download 0.9 Mb.
bet34/69
Sana19.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1625035
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси

Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko’payishi shaklida o’sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o’sishiga olib keluvchi kamayishidir.
Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek , qatnashchilar o’rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Daromad va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy hususiyatlarini belgimlaydi, ammo ularni moliyaviy natijalar hisobotida aks ettirishda talab qilinadigan mezonlarni aniqlashni maqsad qilib qo’ymaydi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o’zaro farqlanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo’yicha o’zgarishlari o’rganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yo’lga qo’yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajaasini xarakterlovchi rentabellik ko’rsatkichi va uning omilli tahlili o’tkaziladi.
Moliyaviy natijalar tahlil tashqi va ichki sub’ektlar tamonidan olib boriladi. Ichki sub’ektlar tamonidan olib boriladigan tahlil ichki moliyaviy tahlil qatoriga kiritilib faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko’proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o’rni, shakli bo’yicha o’zgarishlariga ahamiyat beriladi. Ya’ni, ularning analitik qatoriga ko’proq ahamiyat beriladi.
Tashqi tahlil sub’ektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aksionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin soxibkorlar kirishi mumkin.
Ularni ko’proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo’yicha o’zgarishlari qiziqtiradi. Agar aksiya egasi bo’ladigan bo’lsa, sof foyda va dividend to’loviga tortiladigan foyda summasi, soliq idorasini soliq to’loviga qadar bo’lgan foyda va unga qayta qo’shiladigan xarajat moddalari, qarshi tomon, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo’yicha iqtisodiy foydasi va h.k.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonaning foydalilik darajasiga baho berish;

  • korxonaning moliyaviy natijalarini tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;

  • biznes rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va unga ta’sir etgan omillarni o’rganish hamda baho berish;

  • foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini tekshirish;

  • foydaning ko’paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash;

  • korxonaning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;

  • soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan foydaning shakllanishiga va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;

  • korxonaning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish hamda baho berish;

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonaning biznes reja ma’lumotlari;

  • korxonaning «Moliyaviy natijalar to’g’risida”gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari;

  • buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schyot ma’lumotlari.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling