Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси


Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari


Download 0.9 Mb.
bet33/69
Sana19.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1625035
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси

2. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
3. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularning turlari
4. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
5. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili
6. Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar va yo’qotishlar tahlili
7. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va yo’qotishlar tahlili

8. Favkulodda foyda va zararlar tahlili


9. Korxona hisob foydasi (soliq to’loviga qadar foyda) tahlili
10. Sof foyda va uning o’zgarishini omilli tahlili
11. Rentabellik va uning ko’rsatkichlar tizimi


1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning oldiga qo’ygan asosiy maqsadi bu foyda olishdir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o’zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida ko’tariladi. Foydani barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni, qiymat qonunini va xo’jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo’jalik hisobining ob’ektiv talabidir.


Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishinini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko’tarib turishni talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.
Foyda (daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti maqsadi sifatida qaraladi. Jahon amalig’tida foyda deyilganda ko’pincha biznes samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o’zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi quyi o’zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani o’lchashga daxldor bo’lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va xarajatlarni, yani foydani aniqlash va o’lchash - korxona o’z moliyaviy hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda kapitalning saqlanishiga bog’lik bo’ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling