Ўзбекистон республикаси давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси
Download 15.62 Kb.
|
MAMASODIQOV UMID
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Hosilaviy qimmatli qog’ozlar REJA
TAQDIMOTI IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARI (SMMT)YO’NALISHI 2-BOSQICH 5-22- GURUH TALABASI MAMASODIQOV UMIDNING MOLIYA BOZORI INSTITUTLARI VA INVESTITSIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN Mavzu: Hosilaviy qimmatli qog’ozlar REJA1. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning umumiy tushunchasi.2. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning turlari va majburiy rekvizitlari3. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarni baholashO‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar nima? Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko‘pincha bazis aktivi (ya’ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida aksiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning emitenti – bu HQQni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining oldida ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Hosila qimmatli qog‘ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki bir qismini)tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hosila qimmatli qog‘ozlar sinflarga va seriyalarga bo‘linishi mumkin. Sinf – bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir turidagi hosila qimmatli qogozidir. Seriya – bu ijro baxosi va amal qilish muddati bir xil bo‘lgan bir sinfning hosila qimmatli qog‘ozlaridir. Hosila qimmatli qog‘oz o‘z ichiga olishi lozim: Hosilaviy qimmatli qog’oz bir donasining narxi, miqdori va boshqalar uning nominal qiymati, emitenti bazis aktivining sertifikatsiyasi qimmatli qog‘ozning turi, xili, toifasi Hosila qimmatli qog‘ozlar bilan bog’liq munosabatlarda quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi: oldi-sotdisi muddatini kechiktirishga; bitim rasmiylashtirilayotgan yilda sotuvchining mulki bo‘lmagan hosila qimmatli qog‘ozlarning sotilishiga; HQQning amal qilish muddati tugayotgan kunda ularning sotilishiga, Opsion (nemischa option so‘zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini opsionda ko‘rsatilgan muddatda qat’iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Opsionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog‘ozning o‘zini xarid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining xarid qilish yoki sotish huquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin. Opsion Opsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi opsion xaridori (egasi) – ma’lum miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga yozuvchi) – tegishli ravishda ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs. Barcha opsionlar ikki xilga bo‘linadi. Xarid qilish uchun opsion "kollopsion" (call) sotish uchun opsion – potopsion (put) Xarid qilish opsioni (call) kelajakda hosila qimmatli qog‘oz tomonidan belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beradi. Sotish opsioni (put) o‘z egasiga kelajakda bazis aktivini hosila qimmatli qog‘oz shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Opsionlar "Yevropa opsionlari" va "Amerika opsionlari"ga bo‘linadi. Yevropa opsioni – bu uning ijro etilishiga faqat kelishilgan bo‘lajak sanada ruxsat etiladigan shartnomadir. Amerika opsioni – bu uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan bo‘lajak sanada istalgan yilda ruxsat etiladigan shartnomadir. Opsionning ijro etishi baxosi – bazis aktivining opsion shartnomasida kelishilgan narxi. Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling