Mukofot – xaridor tomonidan sotuvchiga opsion sertifikatidan ko‘chirmaga qarshi to‘lanadigan opsion narxi.
Ichki qiymat – shartnoma zudlik bilan sotilgan vaziyatda opsion egasi olishi mumkin bo‘lgan daromad. U bazis aktivining joriy narxi va shartnomada kelishilgan ijro narxi o‘rtasidagi farqning miqdoriga teng.
Tashqi qiymat – mukofot hamda opsionning ichki qiymati o‘rtasidagi farq, uning hajmi shartnomaning muddatliligiga, kursning barqarorligiga va foiz stavkalarining dinamikasiga bog‘liq, Opsion va fyuchers savdolarining negazida olibsotarlik manfaati, qimmatli qog‘ozlar kursining ko‘tarilishi yoki pasayishidan pul ishlab olishga intilish yotadi.
Opsionning majburiy rekvizitlari: - ·Nomi: "xarid qilish uchun opsion yoki "sotish uchun
- opsion".
- ·Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam.
- ·Opsionni ro‘yxatdan chiqarish sanasi.
- ·Opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari.
- ·Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish opsioni uchun) yoki sotib olish (sotish opsioni uchun) majburiyati.
- ·Opsionning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi.
- ·Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati.
- ·Emitentning imzosi va muhri.
Varrant – bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish huquqini olganligini tasdiqlovchi hujjat. Shunday qilib, varrantlarni chiqarish bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘lanadi. Varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bir nashri faqat varrantning bitta nashriga huquq beradi.
Varrant
Varrantning majburiy rekvizitlari: · Qimmatli qog‘ozning nomi. · Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam. · Varrantni ro‘yxatdan chiqarish sanasi. · Varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari. · Emitentining bazis aktivini sotish majburiyati. · Varrantning amal qilish muddati yoki ijro etilish sanasi. · Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati. · Varrant xaridorining nomi (egasining nomi yoziladigan varrantlar uchun). · Varrant emitentining imzosi va muhri.
Do'stlaringiz bilan baham: |