Ўзбекистон республикаси давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси


Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers


Download 15.62 Kb.
bet3/4
Sana16.11.2023
Hajmi15.62 Kb.
#1781695
1   2   3   4
Bog'liq
MAMASODIQOV UMID

Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers (futures) - o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.


Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarga
ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin.
Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir.
Fyucherslar shartnoma bo‘yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo‘ldan boshqa qo‘lga zudlik bilan o‘tkazilishini nazarda tutmaydi.
Fyucherslarning opsionlar bilan o‘xshash tomoni shundaki,
ularning ikkalasi ham fond boyliklarini kelajakda sotib olish imkonini
beradi.

Fyuchers va opsionning o‘zaro farqlari:


Fyucherslar oldi–sotdi hujjati sanalmaydi; fyuchers fond boyliklarini yetkazib berish qat’iy majburiyatidir.
Fyuchers belgilangan muddat tugashi bilan majburiy hisob-kitobni talab qiladi.
Fyuchers bo‘yicha xatar, opsionnikiga qarganda ancha yuqori, chunki fyuchers xaridori opsion xaridoridan farqli o‘laroq, opsion bo‘yicha yo‘qotilgan mukofotga qaraganda ancha katta summani yo‘qotishi mumkin.
O‘zbekistonning qonun hujjatlariga ko‘ra, fyuchers – bu ma’lum qimmatli qog‘ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma’lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so‘zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘oz bo‘lgan fyucherslarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fyuchersning majburiy rekvizitlari:
· Qimmatli qog‘ozning nomi.
· Davlat ro‘yxatiga olingan sana va raqam.
· Fyuchersni ro‘yxatdan chiqarish sanasi.
· Fyuchers turi (sotib olish uchun yoki sotish uchun).
· Fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlari.
· Emitentning bazis aktivini sotish (xarid qilish) majburiyati.
· Fyuchersni ijro etish sanasi.
· Bazis aktivining o‘ziga xos xususiyati.
· Fyuchers emitentining imzosi va muhri.
O‘zbekistonda fyucherslar bilan operatsiyalar faqat fond birjalarida
amalga oshirilishi mumkin.
Hosila va maqsadli qimmatli qog‘ozlarni baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
– baholash maqsadi, qiymat turi, uslubiy yondashuv va baholash usullarini aniqlash;
– fond bozori tendentsiyalarining qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatidarajasiga ta’sirini, bazaviy aktiv qiymati o‘zgarishini, shuningdek, muqobil moliyaviy instrumentlar narxi dinamikasini baholash;
– emitentning fond bozoridagi holatini va fond operatsiyalari natijalarini aniqlash;
– qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini hisoblash,
Opsion shartnomasini tuzishda yuzaga keladigan asosiy masala – opsion narxi(mukofot) ni aniqlashdir. Opsion shartnomasining narxi (mukofot) ni aniqlash bo‘yicha ko‘plab modellar mavjud. Ularning ichida Bleka-Shoulz modeli eng mashhurlaridan birisifatida tilga olinadi. Opsion narxi tuzilmasida ichki va tashqi qiymat ajratib ko‘rsatiladi.
Ichki qiymat – bu opsion ijro narxi va bazaviy aktivning joriy narxi o‘rtasidagi farqdir. Callopsion xaridori uchun aktiv narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning ijro narxi shuncha katta bo‘lishi afzalroq, chunki u kelgusida ushbu aktivlarni yanada past narxda sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Call opsion sotuvchisi uchun esa mazkur vaziyat buning aksinchasi sifatida gavdalanadi. Shunday qilib, opsion “yutuqli” bo‘lgandagina (in the money) ichki qiymatga ega bo‘ladi. Qolgan barcha holatlarda opsionning ichki qiymati nolga teng.

Download 15.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling