Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
3. O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi.
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi hozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi uchun yetakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tadbiq etish mexanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish mexanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tarixiy hususiyatlari va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyat ma’suliyatli vazifadir. 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-modda36sida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasi37da alohida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar”, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyalik asosida o‘tishi ko‘zda tutilgan38. Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag‘ishlangan maxsus bobning mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning XXIII-bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-modda39da “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi. O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o‘rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida “Saylov tizimi” deb nomlanuvchi XXIII-bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo‘yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi. Mustaqqillik davrida O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablar, ilg‘or xorijiy yuridik tajriba va milliy-tarixiy an’analar hamda konstitutsiyaviy prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Uning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining maxsus XXIII-bobida, shuningdek alohida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi (1991-yil 18-noyabr), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (1993-yil 28-dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-may), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-may), “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998-yil 30-aprel) qonunlarda o‘z aksini topdi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‘yilgan qadamdir. Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin: Birinchi bosqich (1991-1995-yillar) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi. Bu davrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi (1991-yil 18-noyabr), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi (1993- yil 28-dekabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-may), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (1994-yil 5-may) qonunlarning qabul qilinishi umume’tirof etilgan taomoyillar asosida ko‘ppartiyali, muqobil saylovlarni tashkil etishning huquqiy asosini yaratdi. Bu bosqichda 1994-yil 5-mayda muhim hujjat-“Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994-yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. Shu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar orqali yagona partiyaning “yetkachilik roli”ga asoslanuvchi “sho‘ro” siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi. Ikkinchi bosqich (1995-2000-yillar)- milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda o‘tkazilgan parlament saylovlarida to‘plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998-yil 30-aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan “besh foizlik to‘siq” haqidagi qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod ko‘rsatish huquqlari mustahkamlandi. Shuningdek, 1999-yil 19-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. Saylov jarayoning muhim subyektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunni 1996-yilning dekabrida qabul qilinishi 1999-yilda o‘tkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o‘z siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo‘yicha vakolatlari kengaydi va nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o‘z kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega bo‘ldi. 1999-yilda o‘tkazilgan parlament saylovlarida fuqarolar ikkinchi marotaba bir nechta nomzod orasidan o‘zlariga ma’qullarini saylashdi, ularning har biriga tegishli baho berishdi. Bu saylovlarda raqobat yanada kuchli, saylovchilarning nomzodlarga talablari esa yanada yuqori bo‘ldi. Uchinchi bosqich (2000-2009-yillar) - faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi. Bu davr bevosita ikki palatali Oliy Majlis tizimiga o‘tish bilan bog‘liq saylov qonunchiligi tadrijiy taraqqiyoti uchinchi bosqichning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Bunda asosiy e’tibor quyi palata – qonunchilik palatasini shakllantirishning bosh prinsipi asosan partiyaviy vakillik prinsipi bo‘ldi. Bu siyosiy partiya vakillarining o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini va saylovlar manfaatlarini ifodalash uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Parlamentning yuqori palatasi – Senat teng huquqli hududiy vakillik organi sifatidagi vakolatlari hamda u pog‘onali saylovlar asosida shakllanishi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qo‘yildi. Bundan tashqari, 2008-yil 19-noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun saylov jarayonining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirdi. Ushbu qonunga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari sonini 120 tadan 150 taga oshirildi. Bunda 135 ta o‘rinni siyosiy partiyalardan ko‘ppartiyaviylik asosida bir mandatli okruglarda saylanadigan deputatlar egallaydi. O‘zbekiston ekologik harakatidan esa Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadigan bo‘ldi. Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafarga oshirildi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini yanada kuchaytirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator yangi tartib-qoidalar joriy etilmoqda. Uchinchi bosqich (2010-yildan)-mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davridir. Ushbu davr O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2010-yil 12-noyabrdagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning e’lon qilinishi bilan boshlandi. Ushbu Konsepsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar asosida qonunchilik tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan Saylov erkinligini yanada ta’minlanishi va saylov qonunchiligi yanada rivojlantirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining qonuni 2012- yil 1-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2012-yil 5-dekabrda Senat tomonidan ma’qullandi hamda 2012-yil 19-dekabrda Prezident tomonidan imzolangan holda 2012-yil 20-dekabrda matbuotda e’lon qilindi Mazkur yangi qonunning qabul qilinishini O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligini takomillashtirilishining yangi bosqichi sifatida e’tirof etish mumkin. Kelgusida ushbu Qonunning amalga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning saylov huquqi erkinligi yanadata’minlanishiga erishiladi. Yuqorida qayd qonunlarda saylov tizimi va uning mazmun-mohiyati, saylov tizimining asosiy tamoyillari, saylash va saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o‘ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish mezonlari belgilandi. Yangi qonun orqali “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga 4 tadan, jami 8 ta yangi qo‘shimcha prim moddalar va 16 ta turli mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi. Saylov qonunchiligiga kiritilgan yangi o‘zgartish va qo‘shimchalarning mohiyati quyidagilardan iborat. Birinchidan, “Saylov oldi tashviqoti” tushunchasini aks ettirgan quyidagi yangi definitiv me’yor saylov qonunchiligida mustahkamlandi: “saylov oldi tashviqoti – saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat”. Ushbu qoidaning qonunchilikka kiritilishi birinchidan, saylov oldi tashviqotining mazmun-mohiyatidan aholini xabardor etsa, ikkinchidan, saylov oldi tashviqotining o‘ziga xosligi, obyekti va subyekti, amalga oshirish tartibi haqida ham aniq ma’lumot beradi. Saylov oldi tashviqoti nomzodlar va siyosiy partiyalar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon qilish yo‘lidagi o‘ziga xos muhim siyosiy jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylov qonunchiligining asosiy vazifasi siyosiy kurashning adolatli, xolisona, ochiq va oshkora olib borilishi uchun barcha nomzodlarga teng imkoniyat va kafolatlarni yaratish orqali siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar erkinligi va xilma-xilligi asosidagi sog‘lom raqobatni ta’minlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda saylov oldi tashviqoti tushunchasining aniq ta’rifini ishlab chiqilishi va uni qonun hujjatlarida mustahkamlanishi mazkur jarayondagi turli bahsli masalalarning oldini olish va tushunmovchiliklarni bartaraf etish hamda saylovlarni demokratik andozalarga mos holda amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, yangi qonunga asosan, saylovoldi tashviqotini amalga oshirish muddatlari o‘zgardi. Avval bu jarayon faqatgina saylov kuni amalga oshirilishi taqiqlangan bo‘lsa, yangi o‘zgartirishlarga muvofiq ovoz berish kuniga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotini amalga oshirish mumkin emasligi qonunda aks ettirildi. Uchinchidan, saylov qonunchiligida saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari aniq ifodalab berildi. To‘rtinchidan, yangi qonunga asosan, saylov qonunchiligiga saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib boriladi. Beshinchidan, saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audio vizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib boriladi. Mazkur yangi huquqiy mexanizmlarning joriy etilishi avvalambor, partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgani bilan izohlanadi. Bu kabi yangi qoidalar saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Saylov oldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish yoki saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish tartibining qonunchilikda aniq belgilanishi bu jarayondaga har bir harakatni qonun asosida amalga oshirilishiga, saylovlarning adolatli o‘tishiga xizmat qiladi. Oltinchidan, yangi qonunga asosan “qamoqda saqlash joylarida” saqlanayotganlar ham ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmoqda. Yettinchidan, milliy saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida islohotlarning davomiyligini ta’minlash. Uning mantiqiy davomi bu 2019-yil 26-iyunida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov Kodeksi” bo‘ldi. U 18-bob, hamda 103-moddadan iborat. Ushbu Kodeksning: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bulan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi40. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling