88
V.Dalning qayd etishiga qaraganda, fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir.
Ko‘rinib turganidek, fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga bog‘liq.
Bu yerda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshiriladigan birdamlik, o‘zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo‘lmoqda. Aslida ko‘pgina an’anaviy jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko‘proq ma’naviy ahloqiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Sho‘ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-da, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir ko‘rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yig‘indisi bo‘lmagani singari fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa emas.
Fuqaroviylik bir mamlakat hududida yashovchi fuqarolarning o‘z vatanlariga
sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga bo‘ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarda faollikni nazarda tutadi.
Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan holda uni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |