Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy konsepsiyalar


Download 0.96 Mb.
bet15/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

3.Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy konsepsiyalar.


XX-asr boshlaridan fuqarolik jamiyati sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar “fuqarolik jamiyati tushunasining funksional ta’siflarini tushunish murakkablashadi.
Bu fuqarolik jamiyati tushunchasini tadqiq etishda, fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini aks ettiruvchi, yangi mezonlarning kiritilganligi bilan asoslanadi. Shunday qilib fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar rivojini tizimlashtirish: birinchidan, ularning ijtimoiy-falsafiy asoslari xarakteristikasi bilan, ikkinchidan, mafkuraviy asoslarning xususiyatlariga ko‘ra, uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyani aniqlash bilan belgilanadi.
Biroq, fuqarolik jamiyati modeli ishlab chiqiluvchi dastlabki, bazaviy ijtimoiy-falsafiy nazariyalarda tadqiqotchilar konsepsiyalarini ikki guruhga bo‘ladi:
formatsion va sivilizatsion yondashuvlar:
modernizatsiya va postmodernizm konsepsiyasi.
Formatsion yondashuv asosan marksizm g‘oyasiga asoslangan ilmiy alabiyotlarda aks etadi. Bu yerda jamiyagning rivojlanishi tabiiy tarixiy jarayon sifatida ko‘rib kelingan va mazkur jarayonda muayyan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bir-birini almashtiradi.
Formatsiya deganda olimlar insoniyat tarixining ma’lum davrlarini nazarda tutadi. Bu davrlarga o‘ziga xos ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari xos va aynan shu bilan bir-biri bilan ajralib turadi.
Formatsion yoidashuvga qarshi sivilizatsion yondashuv ishlab chiqilgan. Uning asosiy mazmuni, mamlakatlarda shakllanib rivojlaniyotgan fuqarolik jamiyati sivilizatsiya omillarini e’tiborga olish zarur.
Mazkur yondashuvning nazariy asoschilari sifatida O.Shpengler, A.Toynbi, P.Sorokina e’tirof etilmoqda.
Ularning fikriga ko‘ra fuqarolik jamiyati boshqa jamiyat shakllaridan bir qadar yuqori rivojlanish darajasi bilan ajralib turadi. Uning asosiy me’zoni esa-inson, uning huquq va erkinliklari, ularni amalga oshirish real mexanizmlari mavjudligi, hamda inson ozining salohiyatini to‘la qonli namoyon etish qobiliyati bilan izohlanadi.
Lekin sivilizatsion yondashuv ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalarini tahlil etolmadi, chunki tahlil doirasida madaniy jihatlarga asosiy e’tibor qaratilgan bolsada, jamiyatiiing siyosiy va iqtisodiy xususiyatlari e’tibordan chetda qolgan.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling