Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Mavzu. Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyutsiyasi. Reja
- Fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar evolyusiyasi.
- 2.Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos
Nazorat savollari:
1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti deganda nimani tushunasiz? 2. Fuqarolik jamiyati fanini asosiy vazifalari nimalardan iborat? 3.Fuqarolik jamiyati fanining asosiy tushunchalari mazmuni to‘g‘risida qanday tasavvurlarga egasiz? 5. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi? 2.Mavzu. Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyutsiyasi. Reja: 1.Fuqarolik jamiyati haqida g‘oyalar evolyusiyasi. 2.Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. 3.Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy konsepsiyalar. Fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar evolyusiyasi. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy- ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida keltirilgan. 2001-yilda millat ma’naviy madaniyataning eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700-yilligiga ba‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “bu noyob asar bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashayotgan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas kuch qudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” deb alohida e’tirof etgan edi. Darhaqiqat, “Avesto”nnng bosh toyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir. Avestoning “Yashtlar”, “Vispirat”, “Vididod” qismlarida oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o‘z ifodasini topgan. Xususan, “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi”. “O Spitama, ahdingni buzma...” g‘oyalari davlatlar siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbai bo‘lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir. Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini ta’minlash g‘oyasi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib,bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ayollarning teng imkoniyati va keng huquqlari ta’minlangan. XXI-asrda ba’zi mamlakatlarda ayollarning saylash va saylanish huquqi umuman inkor qilinayotgan bir davrda, O‘zbekiston Oliy majlis qonunchilik palatasiga ayollarning saylanishi uchun 30 foiz kvotaning ajratilishi, 1995-yilda “Oila” kodeksining qabul qilinishi, bir tomondan yurtimizda ayollarga munosabat va oilaviy qadriyatlar qadimiy ildizlarga egaligini ifodalasa, ikkinchi tomondan fuqarolik jamiyatini qurish yolidagi oqilona siyosatning yorqin ifodasidir. Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining yevropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazardan baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning asarlarini misol keltirish mumkin. Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat uzviyligi qadimgi yunon dunyo qarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427-347-yillar) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy qarashlarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, balki voqelikda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahdil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning jamiyat borasidagi qarashini aniqlashtiradi. Platondan farqli o‘laroq, Aristotel xususiy mulkni e’tirof etadi. Chunki u inson tabiatiga xos bo‘lib, odamlar urtasidagi o‘zaro mumosabatlarning o‘zagini tashkil etadi. Aristotel mulk huquqining fuqorolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‘rgangan. Huquqni Aristotel adolat mezoni deb hisoblagan va uni tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv-bu odamlarning emas, balki qonunlarning boshqaruvidir: hattoki eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va hissiyotga beriluvchan bo‘ladi, qonun esa “oqilona tafakkur”dir11. Qadimgi rim mutafakkir Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43-yillar) ham jamiyat va davlat (respublikani)ni tenglashtiradi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat. Davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi. Sitseron fikriga ko‘ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a’zosining manfaatlarini qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta’minlanadi. Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqry tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar tomonidan e’tirof etilgan. Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida ham o‘rganilganlgan edi. Xususan, Abu Nasr al-Forobiy (870-950-yillar) ning “Fozil odamlar shahri” asarida sharqona siyosiy-huquqiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Forobiy fikricha adolatli boshqarish usulini odamlar yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini tanlashi lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat beshigi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan insoniyiy talablarga javob berishi lozim. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘z boysinuvchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar12 deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni, ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, "Hindiston” asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shkllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va nntilishlari sabab boladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. Davlat rahbarining asosiy vazifasi turli qatlamlar, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasidagi siyosii va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bunga uning fikricha ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi13. Abu Ali ibn Sino (980-1037-yillar) fikricha ijtimoiy munosabatlar odamlar o‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Xususan, Ibn Sino “iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengsizlik-inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi” deb ta’killaydi. Ideal davlat qurish esa jamiyat aholisining ma’naviy-axloqiy ravnaqi bilan bog‘liq. Uning fikricha, ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda, adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi14. Bu davrda Sharqda ijtimoiy adolat, ma’rifat va tenglik nafaqat nazariy me’yor, balki amaliy hayot me’yori, ijtimoiy-siyosiy muammolar yechimini topish va jamoa bo‘lib yashashning asosi sifatida tushunilgan, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ma’rifat yo‘lini tanlangan bo‘lsa, Yevropa ijtimoiy-siyosiy tafakkurida esa nasroniylarning diniy dogmatikasi hukmronlik qilib, diniy va dunyoviy manfaatlar o‘rtasida kurash rivoj olgan. Yusuf Xos Xojib ozining “Qutadg‘u bilig” dostonida davlatni boshqarish amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga e’tibor qaratgan. U davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarni tasniflaydi. Jumladan, “Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi” deb ta’kidlagan15. Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan u o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy sharti - qonun ustuvorligi tamoyilini amaliyotda ta’minlash. Sharqning buyuk davlat arbobi va sarkardasi Amir Temur (1336-1405-yillar) boy ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy merosi asosida ko‘urish mumkin.Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalarning toifalanishi, harbiy qo‘shinlarning tashkil etilishi, jang olib borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag‘batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish, milliy davlatchilikning yuksak madaniy va huquqiy darajada erishganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, fuqarolik jamiyatini-hayotiyligini va samaradorligini-huquqiy davlat doirasidan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu ma’noda, Sohibqiron Amir Temurning quyidagi so‘zlari hozirgi zamon bilan hamnafas jaranglaydi: “Tajriba, - deb yozadi u, menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin tomi, na eshigi, na panjaralari yo‘q uyga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun men o‘z saltanatimni islom arkonlari va boshqaruvda o‘zim qa’tiy amal qiluvchi qonunlar asosida qurdim”16. Komil insonlar yashaydigan jamiyat haqidagi g‘oyalar A.Navoiy (1441-1501-yillar) uchun adolat va qonun ustivorligi bilan bog‘liq hisoblanaganligini uning konsepiyasida hukumron shaxs alohida ahamiyat kasb etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida mulohaza yuritar ekan o‘ziga xos insonparvar g‘oyalarni yaratadi. U o‘zining “Mahbub ul- Qulub”, “Xamsa” dostonlarida ijtimoiy tuzum muammolari faqat adolatli hukmdor boshqarayotgan va qonun ustivor bo‘lgan mamlakatda qaror topadi deb hisoblaydi17. 2.Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling