Fuqarolik jamiyatining tashkilotlari - bular mazkur jamiyat kengliklarida harakat qiluvchi barcha guruhlardir: uyushmalar, siyosiy partiyalar, hamjamiyatlar, nohukumat ashkilotlar.Fuqarolik jamiyatining tashkilotlari ba’zan muammolarning yechimlarini izlash, shuningdek, o‘zaro turli tuman ixtiloflarga kirishish asosida faoliyat yuritadilar.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha qo‘yidagi xulosalar chiqarish mumkin:
- fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir. Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari qadimgi Yunoniston va Rimda namoyon bo‘ldi, Yangi davrda esa uning ba’zi shakllanish unsurlari kashf etildi, hozirgi davrda esa uning bir butun tizim sifatidagi tasavvurlar shakllandi;
- fuqarolik jamiyati g‘oyasi insoniyatning antik davrdan buyon davom etib kelayotgan tafakkurlashi mahsulidir. Avestoda, Qadimgi yunon faylasuflari fikrlarida, O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg‘onish va Reformatsiya (islohotlar) davri g‘oyalari va bugun XXI-asr jahon hamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e’tirof etildi.
Ma’lumki, har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir. Dunyoning barcha xalqlari o‘zining katta-kichikligidan qat’iy nazar fuqarolik jamiyati nazariyasiga o‘zlarining hissalarni qo‘shdi. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oyalar qarashlarga bir yoqlama yondashish uni ularni kamsitish mumkin emas;
- fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari, tamoyillari har qanday ijtimoiy tuzimda mavjuddir, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xilda bo‘lishi mumkin.
- fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari holati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.
- fuqarolik jamiyatining shakllanishi huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni bilan uyg‘unlikda takomillashib boradi.
- har bir davlatda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi o‘ziga xos milliy mental xususiyatlarga bog‘liq holda, shaklan milliy modellarda namoyon bo‘lishi mumkin;
- hozirgi davrdagi dunyodagi biron-bir mamlakat fuqarolik jamiyati eng so‘ngi yetuklik bosqichiga erisha olgani yo‘q va uni takomillashtirish uzuluksiz davom etadigan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |