Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yo‘nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning
Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida belgilab beriladi.
Unda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari suriladi. Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek, davlatning yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi kabi prinsip va qoidalarni to‘liq amalga oshirishi asosiy maqsad qilib qo‘yildi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari, shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilanishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, “Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi. Ikkinchi yo‘nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan iborat. Bunda sud hokimiyatining chinakam samaradorligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e’tibor beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‘la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal qilib beradigan sud tizimini vujudga keltirish talab etiladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish yo‘l-yo‘riqlari aniq-ravshan aks ettirildi. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-huquq organlarini “jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, ularning kundalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday muammolarini qonun doirasida hal qilib beradigan xizmatlarorganiga aylantirish” mexanizmining yuqori saviyada ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy yechim va takliflar ilgari suriladi. O‘tgan davr mobaynida Sud-huquq tizimida sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichi 15,7 foizga kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar konseptual qayta ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi. O‘z taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan, mamlakatimiz farovonligi yo‘lida halol va vijdonan mehnat qilayotgan, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan fuqarolarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling