Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Download 0.96 Mb.
bet23/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

Nazorat savollari:

1. Fuqarolik jamiyatining faoliyat ko‘rsatishida saylov qanday vazifalarni bajaradi?


2. O‘zbekiston qonunchiligida saylov huquqining qanday prinsiplari belgilangan?
3. O‘zbekistonda qanday saylov tizimiga amal qilinadi?
4.Mamlakatimizda partiyaviy tizim qanday rivojlanmoqda va uning huquqiy asosi?
5. Saylov komissiyalari tizimi qanday tashkil topgan?


7.mavzu.Korrupsiyaga qarshi kurash - fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustivor sharti.


Reja

1.Korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy ildizlari.


2.Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari: milliy qonunchilik va xorijiy tajriba.
3.O‘zbekistonda korrupsiya va jinoyatchilikning shakllanishi hamda unga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar.


1.Korrupsiya tushunchasi va uning ijtimoiy ildizlari.

XXI-asr bo‘sag‘asida o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy xavfsizlikni mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ma’naviy, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish,bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, odamlar uchun farovon turmush sharoitlarini yaratish sari o‘ziga xos yo‘l bilan ilgarilab bormoqda. Bu yo‘l o‘ta murakkab bo‘lib, bir qancha muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelmoqdamiz.


Tahdid – inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli, muayyan beqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha.
Yer yuzining turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan, butun insoniyatga xavf solib turgan turli noxush hodisalarni tahlil qilgan sari, ularning barchasida inson omili bosh sababchi ekani oydinlashadi. XXI-asr boshidagi tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, muayyan davlat va millat xavfsizligi, barqarorligi, taraqqiyoti hamda istiqboli ko‘p jihatdan mazkur millatga xavf solayotgan xavf-xatar va tahdidlarni anglab yetish salohiyati va qobiliyati darajasiga bog‘liqdir. Tahdidlarga nisbatan befarqlik, loqaydlik oqibatida tanazzulga uchragan davlatlar ham bo‘lgan.
Aksincha, boqiylikka daxldor millatlar ham borki, ular muvaffaqiyatining asosiy omili bo‘lg‘usi tahdidlarni oldindan sezib, unga o‘z vaqtida javob qaytargani bilan belgilanadi.
Tahdidli ijtimoiy-siyosiy vaziyatni vujudga keltiradigan turli xavf-xatarlar hamda ularni bartaraf etish muammosi buyuk ajdodlarimizning siyosat ilmiga doir fikr va xulosalarida o‘z aksini topgan. Tahdidni yuzaga keltiradigan manbalarni ildiz otmasdan bartaraf qilish, unga nisbatan doimo ogoh, hushyor bo‘lish, g‘ofillikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi fikrlar alloma ajdodlarimizning siyosiy tafakkuridan keng o‘rin olgan muhim jihatlardir.
Bu borada mutafakkir Abu Nasr Forobiyning “Davlatni aql-idrok bilan boshqarish - xalq boshiga tushgan xavf-xatarni kamaytirish va bartaraf etishdan iboratdir”41, degan hikmatli fikrlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Buyuk ajdodlarimiz nazdida, yurtga bo‘ladigan ichki va tashqi xavf-xatarlarga nisbatan ogoh bo‘lish muhim tamoyil darajasiga ko‘tarilgan hamda ularning oldini olishning asosiy shartlaridan biri bo‘lgan.
Jumladan, Amir Temur o‘z saltanatini idora etishda barcha voqea-hodisalar, ijtimoiy -siyosiy jarayonlardan yetarli darajada boxabar bo‘lib turish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Real xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilish, uning xavflilik darajasini aniqlash maqsadida Sohibqiron muntazam, uzluksiz ishlaydigan, o‘z davri darajasidagi axborot tizimini shakllantirishni bosh vazifa qilib qo‘ygan. “Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo‘lib turdim. Har bir mamlakat ahvoli, sipohu raiyatning kayfiyatini, turish-turmushini, qilmish-qidirmishlarini, bular o‘rtalaridagi aloqalarini yozib menga bildirib turish uchun diyonatli, to‘g‘ri qadamli kishilardan voqeanavislar belgiladim” deyiladi “Temur tuzuklari”da .
Amir Temur mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham yuz berayotgan kattayu kichik voqea-hodisalar haqida xabar berishlarini talab qilgan va buni davlat xavfsizligini ta’minlashning muhim chorasi deb hisoblagan hamda saltanat barqarorligiga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishda mablag‘ni ayamaslikka da’vat qilgan. Buyuk ajdodlarimiz jamiyatga nisbatan davr o‘rtaga qo‘ygan talablar mohiyatini anglab yetishga intilib kelgan. Bunda tahdidli vaziyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan ichki omillar tahlili, chiqarilgan xulosalar ularning faoliyatida alohida o‘rin egallaydi.
Mazkur illat mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazadi, demokratik institutlarni zaiflashtiradi, ijtimoiy tartibni buzadi. U bilan kurashish, korrupsiyaning oldini olishning asosiy yo‘llaridan biri, shubhasiz, aholining, davlat va jamoat tashkiloti vakillarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hisoblanadi.
Korrupsiya va jinoyatchilik davlatning amaldagi qonunlariga xilof ravishda shaxsiy manfaatlarni qondirish yo‘lida mansabdor shaxslar, oddiy fuqarolar tomonidan qilinadigan xatti-harakatlar va faoliyatlarning natijasidir. Ammo, ular o‘zlarining ko‘lami jihatidan, sodir etilishida qatnashadigan shaxslar yoki guruhlar salmog‘i jihatidan bir-biridan farq qiladi. Xususan, korrupsiya davlat tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mansabdor shaxslarning amaldagi qonunlarni nazar-pisand qilmasdan boylik orttirish uchun o‘z mansablaridan foydalanish yo‘lida qilinadigan jirkanch xatti-harakatlardir. Jinoyatchilik esa, jamiyatda qonunlarga itoat etmaydigan har qanday fuqaro tomonidan sodir etilishi mumkin.
Korrupsiya davlat tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mansabdorlar tomonidan sodir etiladi va ko‘lami jihatidan nihoyatda xatarli hisoblanadi. Chunki, mansabdorlar davlat tizimida ishlayotgan turli sohadagi, hatto qonunni himoya qiluvchi kishilar bilan ham umumiy “til” topishish orqali mamlakatni halokatga olib keluvchi o‘ta xatarli, jirkanch jinoyatlarni amalga oshirishlari mumkin. Korrupsiyaning zaminida shaxsiy manfaatdorlik turishiga alohida e’tibor berib, mansabdor shaxslar davlat, millat manfaatlaridan o‘z manfaatlarini ustun quyishadi, bu yo‘lda eng xatarli jinoyatlarga qo‘l urishlarini jahonning demokratik tamoyillari qaror topgan mamlakatlarda sodir etilgan jinoyatlardan ham ko‘rsa bo‘ladi.
Korrupsiya vujudga kelib, u eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanadi. Bu esa jinoyatchilik va korrutsiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar tufayli, jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid ekanligini anglatadi.
“Korrupsiya - davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Lekin faqat davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining subektlari hisoblanadi, chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi”.
Yuqoridagilar korrupsiyaga berilgan ta’riflardir. Hozir ham bu tushunchani yoritishda bir qancha ta’riflar mavjud. BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya - bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”.
Bugungi kunda kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, jinoyatchilikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi.
Demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tish davrida korrupsiya va jinoyatchilik ko‘payib boradi, uzoq davom etgan totalitar tuzumdan keyin shakllanadigan, har bir shaxsning o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin bo‘lgan demokratiya sharoitida erkin harakat qilish huquqidan mansabdor shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga qaratilganligi oqibatida yuzaga kelishi va rivojlanishini ta’kidlash joiz.
O‘z mamlakati va millati obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir inson o‘zining halol mehnat qilishi, yashashi zarurligi, korrupsiya va jinoyatchilik faqat mamlakat taqdiriga tahdid soluvchi xavf bo‘ibgina qolmasdan har bir shaxsning hayoti va kelajagi uchun xatarli ekanligini anglamoq‘i zarur.
Xulosa shundan iboratki, xalqaro xavfsizlik ham, alohida olingan mamlakatlarning tinchligi ham tahdidlarga bardosh jamiyat yaratishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mustaqillikni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni asrashga alohida e’tibor berish har birimiz uchun dolzarb masala ekanini anglab olish lozim.
Mamlakatimizda mazkur muammoga qarshi kurash masalasiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza shakllantirildi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling