Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
Partiyaning asosiy maqsadi: Davlatning yangi xalqaro sharoitlarda va geosiyosiy voqelikda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan amaliy qadamlarining taktik va strategik maqsadlari va vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi mavjudligi-bizning muqaddas orzumiz va strategiyamiz bo‘lgan - yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi – umummilliy g‘oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtirishga asoslangan yo‘lini O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP) qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakatda parlament islohotlarining boshlanishi, ikki palatali parlamentni shakllantirish uchun huquqiy asoslarning ishlab chiqilishi munosabati bilan siyosiy partiyalarning jamiyatdagi va davlat qurilishidagi o‘rni yanada yuksaldi. 2004-yil dekabrdagi parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lgan saylovlarda parlamentning quyi palatasi-Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqining siyosiy partiyalarga berilishi, mahalliy vakillik organlaridan parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqining bekor qilinishi munosabati bilan partiyalarning qonun chiqaruvchi hokimiyatni shakllantirish sohasidagi yangi davri boshlandi. 2003-yil 15-noyabrda O‘zbekiston siyosiy tizimida yana bir siyosiy partiya - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDep) tashkil topdi. Partiyani tuzish tashabbuskorlari asosan mamlakatdagi o‘rta qatlam - tadbirkorlar va ishbilarmonlarning ilg‘or vakillari bo‘lib, partiya o‘rta ijtimoiy qatlam siyosiy manfaatlari va irodalarini ifoda etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zLiDepning tashkil etish mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarining chuqurlashib borish jarayonlari tarixiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yildi. O‘zLiDePning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Birinchi maqsad. Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash. Shu ijtimoiy toifa nomidan O‘zbekistonnning siyosiy sahnasiga chiqish va o‘zining munosib o‘rnini egallash. Ikkinchi maqsad. Mamlakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan dasturni Konstitutsiya tamoyillariga suyanib, boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish uchun partiyaning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish. O‘zbekiston tanlagan ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojiga keng yo‘l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish. Uchinchi maqsad. Davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish, ijtimoiy muammolarni hal etishda ko‘maklashish, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat, o‘z elim, o‘z yurtim, jon O‘zbekistonim deb g‘ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo‘lini, qadriyatlar, milliy va diniy an’analar va urf-odatlarni qadrlash barobarida, barcha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish. To‘rtinchi maqsad. Partiyaning siyosiy platformasi - liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o‘ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o‘z safini kengaytirish. Shu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishda fidoyilik ko‘rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasini tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatdagi mulkdorlar ijtimoiy qatlamini siyosiy kuch sifatida integratsiya qilish, ularning har birida sochilib yotgan siyosiy manfaatlarini partiya timsolida bir joyga to‘plash, ana shu paydo bo‘lgan katta siyosiy kuch yordamida mulkdorlarning muammolarini bartaraf etishga har tomonlama ko‘maklashishga qaratildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling