Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Download 0.96 Mb.
bet35/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

Nazorat savollari:

1.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi yillarini aytib bering.


2.O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati instutlari shakllanishi va rivojlanishi huquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz ?
3.Mahallaning fuqarolik jamiyatini qurishdagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi?


10.mavzu. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash


Reja:
1.Insoniyat tarixida axborot extiyoji.
2.Fuqyarolik jamiyatini barpo-etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligi.
3.Fuqarolik jamiyati boshqaruv mexanizmlari takomillashuvida zamonaviy axborot texnologiyalariniig roli.


1.Insoniyat tarixida axborot ehtiyoji.
Axborot xavfsizligini tahlil qilishdan oldin umuman axborot sohasiga taalluqli asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqamiz. Bu bizga axborot haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Biz “axborot” va “informatsiya” so‘zlarini sinonimlar tarzida ishlatamiz. Xorijiy tillar lug‘atida ularga quyidagi ta’rif beriladi:
Axborot arabcha “axbor” so‘zidan olingan bo‘lib, “xabar”, “ma’lumot”, “informatsiya” - lotincha so‘z bo‘lib, “Informatio” - tushuntirish, ma’lum qilish; xabar; vaziyatning holati yoki biror-bir shaxsning faoliyati, biror-bir narsa haqida ma’lum qiluvchi xabar ma’nosini bildiradi. Shuningdek, informatsiya kibernetika fanining asosiy tushunchasi sifatida ko‘rsatkichlar, ma’lumotlar, xabarlarning majmui va h.k.ni bildiradi. Fan holamida informatsiya so‘zi o‘z ma’nosi chegarasini bir kengaytirib, bir toraytirib evolyusion rivojlandi. Birinchi navbatda “informatsiya”–“tasavvur”, “tushuncha”, keyinchalik esa “xabar”, “xabarni yetkazish” degan ma’noni anglatadi. Axborot-ma’lumotlar so‘z, tushunchalar, rasmlar, turli xil moddiy buyumlar va hokazolarda ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, informatsiya yoki axborot – u ifodalanadigan shakllaridan qat’i nazar, shaxslar, voqealar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir.
Inson va jamiyat hayoti boshqarilishining asosiy omillaridan biri – uzluksiz axborot jarayonidir. Axborot jarayonlariturli ko‘rinish va shakllardagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, izlash, tarqatishdan va hokazolardan iborat faoliyatlardir.
Muayyan tarzda (shu jumladan, texnologiyalar va aloqa vositalari yordamida ham) tartibga solingan axborot jarayonlari axborot tizimi deb ataladi.
Jamiyatdagi axborot jarayoni o‘z ichiga axborot resurslari va axborotlashtirishni qamrab oladi.
Axborot resurslari – axborot manbalarida(kutubxonalar, arxivlar, fondlar, ma’lumotlar banklarida va hokazolar)dagi alohida ma’lumotlar (hujjatlar) majmuidir.
Axborot resurslari davlatga tegishli bo‘lishi hamda nodavlat, ya’ni davlatga tegishli bo‘lmasligi mumkin va mulkning tarkibiy elementi sifatida fuqarolar, davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, tashkilotlar va ijtimoiy uyushmalar ixtiyorida ham bo‘lishi mumkin.
Axborotlashtirish - axborot resurslarini shakllantirish va qo‘llash asosida fuqarolar, davlat hokimiyati organlari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, tashkilotlar, ijtimoiy uyushmalarning axborot ehtiyojlarini qondirish va huquqlarini amalga oshirishning optimal shart-sharoitlarini yaratuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy tashkiliy jarayon.
Demokratik jamiyat axborot muhitida uni qabul qilish(olish), uni qayta ishlash va uzatish erkinligi kafolatlangan bo‘ladi. Albatta, hamma axborotlar faqat ijobiy tavsifda bo‘ladi degani emas. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi zamon jamiyatlarning demokratik taraqqiyot yo‘lidan borish istiqboli ular hayotining hamma sohalarida axborot xavfsizligi ta’minlanishi bilan bog‘liqdir. Jahon ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan axborot har turlidir. Axborot faqat ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali emas, boshqa usul va yo‘llar bilan ham tarqatilishi mumkin.
Axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun uchun birinchi navbatda uning sub’ektlari mas’ul hisoblanadilar. Ular o‘z qonuniy vakolatlari doirasida axborot xavfsizligi ob’ektlarining himoyalanganlik holati uchun javob beradilar.
Axborot xavfsizligi subyektlari:
- davlat xavfsizligi xizmatlari organlari;
- ommaviy axborot vositalari;
- fuqarolar va jamoat tashkilotlari;
- turli shakldagi korxonalar va tashkilotlar.
Axborot xavfsizligi obyektlari:
- davlat, xizmat, tijorat, intellektual va shaxsiy munosabatlarga tegishli axborotlar, shuningdek ularni qayta ishlash va uzatish vositalari.
Axborot xavfsizligining mezoni:
- axborotning almashtirilishdan, soxtalashtirilishdan, noqonuniy chiqib ketishdan, ijtimoiy salbiy ta’sirlardan himoyalanganligi.
Axborot xavfsizligining maqsadi – axborotni, axborot sub’ektlarining informatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni shakllantirishdagi huquqlarini tashkiliy va texnik chora-tadbirlar bilan himoya qilishdir.
Muayyan jamiyat hayoti uchun salbiy tavsifdagi axborot, ya’ni “axborot xavfi” to‘g‘risida gapirish mumkin. Axborot xavfi (“informatsionnaya opasnost”) yoki axborot xuruji (“informatsionniy vizov”) - muayyan ijtimoiy tizimning baraqaror ijobiy rivojlanishini buzishga va yemirishga qaratilgan, shaxs, jamiyat va davlat hayotiy muhim manfaatlariga salbiy axborot ta’siridir. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi uning kerakligini ajratib olish zaruriyatini belgilaydi. Hozirgi zamon ijtimoiy fanlarida buzg‘unchi g‘oyalar - axborotlarga qarshi “mafkuraviy immunitet” haqida so‘z yuritilayotganligi bejiz emas. Hindistonning mashhur siyosiy arbobi Maxatma Gandining memuarlarida shunday so‘zlar bor: “Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o‘tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib tutishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib, xonadonimni ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman”. Bu so‘zlarning mazkur mavzuga bevosita aloqasi bor, chunki axborot oqimi ham turli bo‘ladi, uning ta’siri va oqibatlari ham shunga yarasha bo‘ladi.
Axborot xavfsizligi deyilganda shaxs, jamiyat va davlat hayotiy muhim manfaatlariga doir jamiyat axborot muhiti, axborot resurslari, ularni shakllantirish va foydalanish texnologiyalari, shuningdek axborot subyektlari huquqlarining himoyalanganlik holati tushuniladi. Axborot xavfsizligiga tahdidlar – jamiyat axborot muhiti amal qilishi va rivojlanishiga xavf tug‘diruvchi sharoit va omillar majmuidir.
Axborot erkinligi, ya’ni ma’lumotlarni egallash, ularni qayta ishlash va uzatish xavfsizligini ta’minlash bilan birgalikda axborot muhofazasini ta’minlash borgan sari dolzarb bo‘lib bormoqda. Globallashuv zamonida axborot xavfsizligiga erishish mamlakat suverenitetining saqlanishi va uning izchil taraqqiyoti garovidir. Bunda bozor omilini ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Axborot xavfsizligi – aslida jamiyatning obyektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo‘lishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga yetib keladigan ma’lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo‘lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, faqat alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak.
Chunki, mustaqil OAV aslida odamlarda sodir bo‘layotgan turfa jarayonlarga nisbatan xolis fikrning shakllanishiga imkon berishi lozim. Lekin amaliyotda, ming afsuski, har doim shunday bo‘lavermaydi va jamiyat o‘z a’zolarini, ayniqsa yosh avlodni turli axborot xurujlaridan himoya qilishga majbur bo‘ladi.
Axborot xurujlari – bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo‘naltirilgan ta’sir bo‘lib, uning asl maqsadi o‘sha shaxs, tashkilot va davlatning normal hayot tarzi buzilishini nazarda tutgan siyosiy va ijtimoiy guruhlarning g‘arazli niyatlaridan kelib chiqadi, shuning uchun ham ular mohiyatan ijtimoiy psixologik hodisadir.
Axborot xurujlari turlicha bo‘lganligi uchun unga nisbatan xavfsizlik choralarini ko‘rish ham turli sohalarda (siyosat, iqtisodiyot, mudofaa) va turli jabhalarda (davlat miqyosida, hududiy, tashkiliy, shaxsiy) amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat miqyosida axborot xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo‘lgan ishlar muayyan bir tashkilot doirasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligidan, ayrim alohida shaxsni yoki ijtimoiy tabaqani bunday xavflardan muhofaza qilishdan farq qiladi.
Birinchisida gap milliy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risida ketsa, ikkinchi holatda, tashkilotdagi muayyan ijtimoiy guruhlararo axborot almashinuvida bo‘hton, tuhmat, mish-mishlar tarqatishga bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlar, shaxslararo darajada esa muayyan ijtimoiy guruhning, masalan, yoshlar guruhining manfaatlarini himoya qilish nazarda tutiladi. Lekin barcha holatda ham, axborot xurujlariga odamlarning normal faoliyatlari uchun xalaqit beruvchi omil sifatida, ongga salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida qaraladi.
Oxirgi paytlarda turli xorijiy OAV orqali tarqatilayotgan turli xil asosli-asossiz axborotlarda odamlar ongiga ta’sir ko‘rsatayotgan ma’lumotlar tarqatilmoqdaki, ularning ta’sirida ayrim odamlar va yaxlit ijtimoiy guruhlarda bir-birlariga nisbatan agressiv, ochiq deviant (normal hulq shaklidan chekingan) hatti-harakatlarni keltirib chiqaruvchi holatlar yuzaga kelmoqda.
Shu sababli ham axborot xavfsizligi to‘g‘risida gap ketganda, nafaqat u yoki bu mazmunli axborotlar, ma’lumotlarni ishonchli tarzda saqlash, balki aniq, xolis ma’lumotni ishonchli manbalar orqali qabul qilish va yetkazish masalalari ham nazarda tutiladi.
Shunday qilib, axborot xavfsizligini ta’minlashda ikki jihat mavjud: birinchidan, axborot erkinligi (uni hech bir tashqi va ichki bosimsiz “ishlab chiqish” va “iste’mol qilish” ma’nosida ) xavfsizligini ta’minlash masalasi va ikkinchidan, tegishli axborotni qonunda belgilangan holda muhofaza qilish, saqlashdir.
Demokratik jamiyat rivojlanishi tamoyillaridan biri axborot erkinligidir. Chunki axborot erkinligi tufayligina fuqarolar jamiyatni boshqarish jarayonlariga daxldor bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Axborot erkinligi subyektlar uchun axborotdan (qonun doirasida) jamiyatda hech qanday to‘siqsiz foydalanish ta’minlanganligini bildiradi. Jamiyat oqilona rivojlanishi uchun davlat organlari, boshqa ijtimoiy tashkilotlar faoliyati, albatta, qonunda belgilangan darajada, ochiq, “shaffof” bo‘lishi darkor. Bu ayniqsa, davlat organlari faoliyatiga taalluqlidir.
Axborot oshkoraligi deganda faqat so‘rovga binoan davlat organlarining axborot berishlarini tushunmaslik kerak.
Davlat organlari mavjud resurs va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda alohida ijtimoiy qiziqishga ega, jamoatchilik e’tiboriga molik hujjatlarni nashr etadi va tarqatadi. Albatta, nashrga taqdim etiluvchi ma’lumot shakllari unga egalik qiluvchi davlat organlari xususiyatiga bog‘liq.
Qonun ma’lumotlarni davlat organlari oshkor etish majburiyatlarini hamda oshkor etilishi lozim bo‘lgan axborotning asosiy kategoriyalarini belgilab berishi lozim.
Misol uchun, davlat organlari eng kamida quyidagi axborotlar toifasini (tegishli nashrlarda) ma’lum qilishlari lozim:

  • davlat organi, agar u jamiyatga bevosita xizmat ko‘rsatsa, qanday faoliyat yuritayotgani haqida, jumladan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati, uning maqsadlari, auditor tekshiruvi natijalari, standartlari, erishilgan natijalar va h.k. haqidagi tezkor axborot;

  • jamiyat a’zolarining davlat organlariga nisbatan bildiradigan so‘rovlari, arizalari va boshqa shu kabi holatlari haqidagi turli axborot;

  • jamoatchilik a’zolarining siyosiy qarorlar qabul qilishda va qonun yaratuvchilik faoliyatida ishtirok etishi shakllari haqidagi ma’lumotlar;

  • tashkilot ega bo‘lgan axborot ro‘yxati va mazkur axborot qay shaklda saqlanayotganligi;

  • jamoatchilikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan davlat organlarining har qanday qaror va rejalari mazmunini, hamda qaror qabul qilinishida ahamiyat kasb etgan materiallar va sabablar.

Bir so‘z bilan aytganda demokratik jamiyat uchun oshkoralik zarur, bu jamiyatning boshqaruv organlari faoliyatini nazorat qilishga yordam beradi.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling