Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Download 0.96 Mb.
bet37/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

3.Fuqarolik jamiyati boshqaruv mexanizmlari takomillashuvida zamonaviy axborot texnologiyalariniig roli.
Shiddat bilan kechayotgan hodisa-voqealar oqimida katta hajmdagi axborotning mazmunini anglash, uni to‘g‘ri talqin etib xulosalar chiqarish nihoyatda muhimdir. Bu esa axborotni tanlash, saralash, uni to‘g‘ri idrok etish madaniyatiii shakllantirish kabi insonning bevosita dunyo qarashi, salohiyati, tajribasi bilan bo‘g‘liq xususiyatlarni qaror toptirish masalalarining dolzarbligini oshiradi.
Bu munosabat bilan global tarmoqdan foydalanuvchilar auditoriyasining ko‘pchiligi yoshlar ekanligini, ularning ongini va dunyo qarashini yot mazmundagi go‘yalar bilan zaharlashga qaratilgan ma’lumotlar Internet kontentning katta qismini tashkil etishini qayd etish zarur. Turli ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, tanishuv saytlarining faoliyat yuritishi yoshlarni o‘ziga tezda jalb qilmoqda.
Hozirgi kunda turli tillarda so‘zlashayotgan yoshlar uchun Internet tarmog‘i keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, mobil Internetdan foydalanuvchilar auditoriyasining ortib borishi turli mazmundagi axborotlarni ochiq olish imkoniyatini yanada oshirmoqda.
Buning natijasida, hozirda dunyodagi axborot inqilobi sharoitida vujudga kelayotgan global tarmoq jahon mutasaddi va mutaxassislarni jiddiy tashvishga solayapti. Bu turdagi jamiyatlar o’zlarini kiberinternatsional NET, Internet bolalari, Internet fuqarolari deb nomlashmoqda. Chet ellarda ular Internet orqali yoshlarni birlashtirib, davlatning rasmiy xabarlariga qarshi chiquvchi xalqaro kiberuyushma sifatida siyosiy maydonga chiqmoqda. Albbata, bunday jamiyatlarning faolligi oshib borar ekan, jahonda kechayotgan jarayonlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi aniq.
Jahon telekommunikatsiya tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilayotgan xilma xil tahdidlar turli mamlakatlarda tashvish uyg‘otmoqda. Ular madaniyat, an’analar va ma’naviy qadriyatlarini yot axborot ta’siridan himoya qilish uchun maxsus choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqdalar. Bu borada jahonniig ko‘pgina mamlakatlarida aholini va avvalo, yoshlarni Internetning salbiy ta’siridan himoyalash uchun normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganini qayd etish zarur. Misol tariqasida xalqaro amaliyotda “Kiber jinoyatlar to‘grisida Konvensiya, Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida”, Yevropa Ittifoqqi Parlamenti Assambleyasinnng tavsiyalari, “Bola huquqlari to‘g‘risida BMT Konvensiyasi mavjud.
Mamlakatimizda рam bu soрada tizimli ravishda tashkiliy-рuquqiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ta’lim va yoshlar bo‘yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona “Ziyo NET milliy ta’lim tarmog‘iga birlashtirildi. Bu tarmoqning tashkil etilishi axborot xurujlariga qarshi urushda muhim omil bo‘lmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy uquv yurtlari va ularning hududlardagi filiallari,barcha ziyo maskanlari Ziyo NET milliy ta’lim tarmog‘i hamda yuqori tezlik bilan ishlaydigan internetga ulanganligi bu borada amalga oshirilgan ishlarning ko‘lamidan dalolat beradi. Portal Uz net segmentida ilg‘or pozitsiyalardan birini egallaydi va unda foydalanuvchilarning soni tobora ortib borayotgani fikrimizning dalilidir.
Ayni chog‘da Internetning milliy segmentida faoliyatini yuritayotgan Kun.uz (saytga kunlik tashrif ko‘rsatkichlari 100 mingdan ortgan) va Daryo.uz (har kuni 90. 000 kishi tashrif buyuradi) kabi internet nashrlarda Hi-Tech, madaniyat, ilm-fan, hordik, sport, biznes, davlat boshqaruvi organlari kabi yo‘nalishlarda web-saytlar joylashtirilgani, yangi xizmat turlari joriy etilayotgani ham undan foydalanuvchilar, aynan yoshlar safi kengayishsha sabab bo‘lmoqda.
Shu bilan birga milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalash mexanizmlari mavjud. Misol uchun, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlarda yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, huquq buzarliklarni sodir etilishiga tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etilishi belgilab qo‘yilgan.
Shu asosda, yoshlarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini yanada kengroq ro‘yobga chiqarish, ularni axborot xurujlaridan himoyalashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida zarur choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, bugungi kunda “Bolalarni ularning sog‘ligi va ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. U bolalarning ruhiyatiga zarar yetkazadigan, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axboroglardan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ommaviy axborot manbaparida zo‘ravonlik, axloqsizlik hamda shafqatsizlikni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan amaliy- tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni nazarda tutadi.
Xullas, yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda OAVlarning barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati tamoyillarini qaror toptirishning muhim omillaridan biriga aylantiradi.
2019-yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaror62 qabul qilindi.
Ushbu Qarorda, mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini boshqarish tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlanishning muammoli masalalarini hal etishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shu bilan birga, sohadagi hozirgi holat tahlili media makonda yuzaga kelayotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan munosib javob qaytarilmayotganini ko‘rsatib, mamlakatda amalga oshirilayotgan ulkan miqyosdagi islohotlar to‘g‘risidagi keng qamrovli ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha jamiyat ehtiyojlari axborot sohasidagi ishlarni sezilarli darajada oshirishni, davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmatlari, ommaviy axborot vositalarining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish taqozo etilayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholiga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash maqsadida:
quyidagilar davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik idora, muassasa hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda-davlat organlari va tashkilotlari) axborot xizmatlari, matbuot markazlari, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xizmatlarining (keyingi o‘rinlarda-axborot xizmatlari) asosiy vazifalari etib belgilansin.
- davlat organlari va tashkilotlari faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy web-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
- davlat organlari va tashkilotlarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- davlat organlari va tashkilotlarining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
- axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;
- muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;
- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
- davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida davlat organlari va tashkilotlari rahbariyatiga axborot berib borish;
- davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto, audio, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;
- davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda o‘z rasmiy web-saytlarida joylashtirish;
- davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga aloqador matnli, foto-audio va video materiallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borishdan iborat.
Nazorat uchun savollar:


1.Axborot tushunchasining mazmuni. Axborotning predmeti va asosiy shakllari deganda nimani tushunasiz?
2.Axborot sohasida davlat boshkaruvi jarayonini joriy etishning elementi va subyekti haqida gapirib bering.
3.Fuqarolik jamiyatini rivojlantirshlda ommaviy kommunikatsiyadan foydalanishning ahamiyati bugungi kunda nima bilan belgilanadi? Davlat axborot siyosatining vazifalari va funksiyalari.
4.Axborot tushunchasini ta’riflang.
5.Axborot jarayonlari va axborot tizimi deganda nimani tushunasiz?



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling