Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikmalar shakllantiririladi


Download 0.96 Mb.
bet5/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi bilim, ko‘nikmalar shakllantiririladi:
- Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida amal qilishi, namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida; yoshlarda fuqarolik jamiyatiga doir nazariy bilimlar va ko‘nikmalar; rivojlangan davlatlarda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanishi tajribalari; fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi va faoliyat yuritishi to‘g‘risida; o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda ilmiy bilishning turli uslublaridan foydalanish; fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga uyg‘un ravishda davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari; davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyati o‘zaro munosabatlari; fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvining o‘ziga xos jihatlari; fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining mazmun-mohiyatiga doir muayyan bilimlarga ega bo‘lishi;
- fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini; fuqarolik jamiyat qurishga doir ilg‘or tajriba va usullarni; rivojlangan davlatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari; fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini,” “Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya bugungi kunda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi amalga oshirilgan yillarda hamda o‘tgan 30-yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, O‘zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarishni ta’minlaydigan strategik dastur ekanligini bilish;
- markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining bir-biridan farqli tomonlarini anglab yetish; mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy(evolyutsion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholay olish; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlari; mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash (xilma-xil taraqqiyot), kuchli ijtimoiy siyosatning mohiyatini anglab yetish, ularni amalda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- yosharning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ulardan samarali tarzda foydalanish malakalariga ega bo‘lish ko‘zda tutiladi.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling